Diplomatik agent - davlatlar vakolatxonalarining boshligʻi, elchisi, elchixona va diplomatik missiya xizmatchisi. 1815-yildagi Vena konvensiyasiga binoan faqat vakolatxona boshliqlarigina D.a. hisoblanardi. Diplomatiyaning rivojlanishi bu tushunchani kengaytirdi. Keyingi vaqtlarda elchixona va missiya xizmatchilari, hamma darajadagi elchilar vakolatxonaning diplomatik xizmatchilari, xalqaro tashkilotlarga va konferensiyalarga yuborilgan rasmiy vakillar, shuningdek, bir mamlakatning 2-mamlakatga yuboradigan delegatsiya boshliqlari va aʼzolari ham D.a. sanaladigan boʻldi.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Siyosiy atamalar Turkum:Siyosiy harakatlar Turkum:Siyosiy tushunchalar Turkum:Siyosat Turkum:Siyosatga oid chala maqolalar Turkum:Siyosatshunoslik Turkum:Huquq Turkum:Huquqiy adabiyotlar Turkum:Huquqiy atamalar Turkum:Huquqiy etika Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquqshunoslikka oid chala maqolalar Turkum:Davlat Turkum:Davlat apparati Turkum:Davlat xavfsizligi Turkum:Xalqaro aloqalar Turkum:Xalqaro chegaralar Turkum:Xalqaro munosabatlar