Dona shoʻra () — shoʻradoshlar (shoʻragullilar oilasi)ga mansub bir yillik oʻt. Poyasi ingichka, sershox, barglari silindrsimon, etli, poyadagilari ketma-ket joylashgan, gul oldi barglari qarama-qarshi oʻrnashgan, tubi esa bir-biri bilan birikib ketgan. Har bir barg qoʻltigʻida bittadan gul yetishadi. Dona shoʻra may oyida gullab, avgustda urugʻ beradi. Dona shoʻrva, asosan, taqir yerlarda, shoʻrxok tuproqda, qumlarda va gil tuproqlarda oʻsadi. Kuz va qishda qoʻy hamda tuyalar uchun yaxshi ozuqa.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar Turkum:Biologik turlar