Shomurod Doʻshakayev (1871-1952) - oʻymakor usta, Qoʻngʻirot va Shumanay yogʻoch oʻymakorligi maktabining yirik vakili. Us t a Doʻshaka oilasida tugʻilgan. Oʻymakorlikni otasidan oʻrgangan. Doʻshakayev yaratgan buyumlari naqshlarga boyligi, goʻzal va soddaligi bilan ajralib turadi. U "qoʻchqor muguz", "aylanma muguz" va b. turli-tuman shakldagi naqshlar bilan bezagan panjara (erganak), sandik (arja), aravaning old taxtasi, ustun va b. buyumlar mashhur. Doʻshakayev yaratgan buyumlardan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil