Gʻiyosiddin Jalolov (1903 — Toshkent — 1984-yil, 4-sentyabr) — birinchi oʻzbek astronomlaridan biri. Oʻzbekistonda astronomiyaning rivojlanishiga samarali hissa qoʻshgan. Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1937). Ilmiy va amaliy ishlari oʻrta asrlar Oʻrta Osiyo astronomiya tarixiga oid. Jalolov "Sekstant — Ulugʻbek rasadxonasining asosiy quroli" (M., 1974), "Samarqand rasadxonasining sayyoralar jadvalini tuzish masalasiga doir" (M., 1955), "Kuragoniy zijining boshqa zijlardan farqi" (M., 1955), "Gʻiyosiddin Jamshid — XV asrning yirik astronomi, matematigi" (M., 1957) va b. asarlar muallifiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1903-yilda tugʻilganlar Turkum:1984-yilda vafot etganlar Turkum:9-aprelda vafot etganlar