Aleksandr Georgiyevich Ivchenko [1903.10.(23).9, Zaporojye viloyati, Tokmak shahri. — 1968.30.4, Zaporojye] — aviatsiya dvigatellari konstruktori, Ukraina FA Akademik (1964-yildan), Mehnat Qahramoni (1963). Harkovdagi mexanikamashinasozlik institutini tugatgandan soʻng (1935) aviatsiya zavodida ishladi. Tajribakonstruktorlik byurosida asosiy konstruktor (1945-yildan), bosh konstruktor (1963-yildan). Aviatsiyada ishla-tiladigan bir qator porshenli, turbo-reaktiv va turbovintli dvigatellar yaratdi. U yaratgan dvigatellar koʻplab samolyot va vertolyotlarga oʻrnatilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1903-yilda tugʻilganlar Turkum:1968-yilda vafot etganlar Turkum:23-sentabrda tugʻilganlar Turkum:30-aprelda vafot etganlar