Nosir Ismoilovich Ismoilov (1901-yil 27-may — Toshkent — 1974-yil 15-mart) — terapevt; Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1947), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1948), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948). Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1929), 1942-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri. Addison-Birmer kasalligi, chillashir, pellagrada koʻmikda qon yaratilishi, meʼdaichak, yurak-tomir va qon kasalliklari ustida ilmiy ish olib borganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Adabiyotlar Kasallarni parvarish qilish, T., 1961.

Turkum:1901-yilda tugʻilganlar Turkum:1974-yilda vafot etganlar Turkum:15-martda vafot etganlar Turkum:27-mayda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzoslari Turkum:O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Professorlar Turkum:Tibbiyot fanlari doktorlari