Kannada tili () — kannara xalqi tili; Hindistonning Maysur (Karnataka) shtatida tarqalgan. Dravid tillari guruhiga mansub. Grammatik qurilishiga koʻra, agglyutinativ, yangi soʻzlar va grammatik formalar suffikslar yordamida hosil qilinadi. Gapda soʻzlar tartibi qatʼiy — kesim gapning oxirida keladi. Yozuvi brahmi alifbosi asosida."" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Tillar