Katta ayiqli koʻl - Kanadaning shim.-gʻarbidagi koʻl. Mayd. 30,2 ming km, chuq. 137 m gacha. Tektonik-muzlik iatijasida yuzaga kelgan soylikda joylashgan. Qirgʻoklari tik, qoyali, igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Koʻldan Katta Ayiqli daryo oqib chiqib, Makenzi daryosiga quyiladi. oktabroyidan iyungacha muzlaydi. Kema qatnaydi. Baliq ovlanadi. Portlari — Port-Radiy, FortFranklin.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar