Kattaich gʻori — Shimoliy Nurota tizmasining shimoliy yonbagʻrida (Jizzax viloyati, Forish tumani), 850 m balandlikda joylashgan. Toshkoʻmir davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning kirish qismi tuxumsimon shaklda (eni 1 m, balandligi 0,7 m). Ichkaridagi katta xonaga 7 m uzunlikdagi yoʻlak orqali kiriladi. Xonadan har tomonga yoʻlaklar ketgan, ular oxirida torayib tugaydi. Xona sahnida gʻor gillari, devor va shiplarda boksit rudasi belgilari mavjud. Gʻorning umumiy uzunligi 35 m, maydoni 150 m², hajmi 335 m³ dan ziyodOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston gʻorlari Turkum:Jizzax viloyati geografiyasi Turkum:Forish tumani