Kent (Kent) — Angliyadagi ilk oʻrta asr qirolligi. V asrning oxirida Britaniya anglosakslar tomonidan istilo etilishi jarayonida tashkil toptan, VI asrning oxiriga kelib, Angliyada 7 qirollik (Kent, Uesseks, Sasseks, Esseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) hukmronligi (geptarxiya) davrida Kent eng katta kuchga ega boʻlgan qirollik edi. VIII asrning oxirida Mersiya, IX asrning boshida Uesseks tarkibiga kirganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar