thumb
Joseph Frank "Buster" Keaton (1896-yil, 10-aprel, baʼzi maʼ-lumotlarga koʻra 1895—1966-yil, 2-yanvar) — mashhur amerika komik aktyori va kinorejissyor. "Uch davr", "Bizning mehmondoʻstligimiz", "Sherlok-kichkina", "General" kabi komediya — filmlarda oʻynab (rej. ham oʻzi) dunyoga tanildi. U ekranda "hech qachon kulmaydigan", harakatsiz, sovuqqon, ehtirossiz inson niqobini yaratdi va kino sanʼatida oʻziga xos uslub bilan tanildi. Filmlarining asosiy mavzusi — Keaton qahramonining bu adovatli dunyoda yolgʻizligidir. "Bester Kiton tarixi" nomli montajli film (maslahatchi oʻzi boʻlgan, 1957) muvaffaqiyatidan soʻng u (oʻzoq tanaffusdan keyin) yana kinoga qaytdi va "Bu telba, telba, telba dunyo" (1963), "Forumga borishdagi kulgili voqealar" (1966) filmlarida suratga tushdi. "Oskar" mukofotining laureati (1959)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1896-yilda tugʻilganlar Turkum:4-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:1966-yilda vafot etganlar Turkum:1-fevralda vafot etganlar Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar