Erkin Komilov (20.07.1946, Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani Koʻrpa(horizgi kunda Yangi Fargʻona MFY)qishlogʻida tavallud topgan) – Teatr va kino aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1998). Madaniyat va sanʼat instituti professori. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1968). 1966-yildan Hamza ( Oʻzbek milliy akademik drama teatri ) teatrida aktyor. Eng yaxshi rollari: Qilichbek („Oltin devor“), Qobiljon („Samandar“), Ibn Sino („Beruniy“), Karl Moor („Qaroqchilar“), Jevakin („Uylanish“), Glumov („Har toʻkisda bir ayb“), Myasnikov („Qatagʻon“), al-Zokir („Piri Koinot“), Boyazit („Sohibqiron Timur“), Ikrom („Ufq“), Albeni („Qirol Lir“), Abulfayzxon („Abulfayzxon“), Ortiq („Noyob nusxa“), Mannon Uygʻur („Tomosha davom etadi“), Garrison („Yetti faryod“) va boshqa Yaratgan obrazlariga oʻziga xos rang berib, harakterlarning ishonchli chiqishiga erishadi. Rol oʻynashda yaxshilik, tabiiylik, qahramonning hissiyot va kechinmalarini murakkab majmuini bera olish, aktyor siyratidagi jilovlangan kuch, ziyolilik, ichki madaniyatning joʻsh urishi K. ijodiga xos.

K. kinoda ham bir qancha obrazlar yaratgan: Begimqul („Yuzsiz“), Yoʻldosh („Sevgi“), Muslim („Oʻtgan kunlar“), Valixoʻja eshon („Amirning hufiyona yurishi“), Hurram („Tilla bola“), Boyazid Yildirim („Amir Timur“), Qurbonov („Uchishga ruxsat eting“), Dovjenko kinostudiyasida „Yulduz shuʼlasi“ filmida Ergash Sobirov va boshqa Video va telefilmlarda Aziz Qosimov („Girdob“), Sultonmurod („Alisher Navoiy“), Haydar („Diyonat“), Abdurahim Saidov („Yoz yomgʻiri“), Charlz Forister („Qora karvon“), Bachana („Abadiyat qonuni“), Abdujabbor („Qora koʻzlar“), Mayor Salihov („Soʻnggi oʻq“), Haydar (Kesak polvon) („Shaytanat“), Shokir ota („Yettinchi falakdan kelgan ovoz“) kabi rollar ijro etgan. „Otalar soʻzi—aqlning koʻzi“ koʻrsatuvida 100 dan ortiq rol oʻynagan, 500 dan ortiq film (ayniqsa, multfilm, ertak-filmlar)ni dublyaj qilishda qatnashgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2026-yil 28-mayda Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.

Filmografiya Film

Yil Film nomi Rol „Amir Temur“ Boyazid I Yildirim 1986 „Amirning hufiyona yurishi“ Valixoʻja eshon 2008 „Afyun girdobi“ Ashim „Alisher Navoiy“ Sultonmurod 2004 „Afandi va Azroil“ podshoh „Abadiyat qonuni“ Bachana 2015 „Barakasini Bersin“ Haydar buva 2005 „Baxt uchun million“ Normat aka 2004 „Devona“ „Diyonat“ Haydar 1992 „Oltin devor“ kameo „Yettinchi falakdan kelgan ovoz“ Shokir ota 2010 „Firibgar“ 1999 „Fellini“ Erkin Komilov „Girdob“ Aziz Qosimov 2014 „Gumrohlar“ „Hiyonat“ „Ijobat“ 2011 „Jigarbandim“ Sodiq 1992 „Kim jinni?“ 2014 „Katta hovli“ 1993 „Marif va Sharif“ aktyor Otello 2004 „Malika“ Malikaning otasi 2012 „Mehrigiyo“ Alisherning otasi 2010 „Qalb koʻzi“ domla 2008 „Qizgʻaldoq“ „Qora koʻzlar“ Abdujabbor „Qora karvon“ Charlz Forister 2015 „Qilmish qidirmish“ 2004 „Qalblar toʻlqini“ Arslon 2013 „Rashk“ Erkin Komilov „Rashk 2“ Erkin Komilov 2007 „Sogʻinch sohili“ Misha togʻa 1998 „Sevgi (Lyubov)“ Yoʻldosh 2009 „Suv yoqalab“ Bolta Mardon 2009 „Soʻnggi lahza“ Sevaraning otasi 1982 Suyunchi „Soʻnggi oʻq“ Solihov 1989 „Siz kim siz?“ 2004 „Sarvinoz“ Normat aka (ovoz bergan) „Taqdir zarbasi“ „Tilla bola“ Hurram 1978 „Toʻylar muborak (film)“ 1991 „Temir erkak“ ovoz bergan „Uchishga ruxsat eting“ Qurbonov 2005 „Ulfatlar“ Temir 2008 „Ulfatlar 2“ Temir 2014 „Ulfatlar 3 yoxud ulfatlar Tailandda“ Temir 2015 „Vijdon“ „Yoz yomgʻiri“ Abdurahim Saidov „Yoʻqotilgan vaqt“ 1992 „Yuzsiz“ Begimqul „Yulduz shuʼlasi“ Ergash Sobirov 1995 „Yulduzingni ber osmon (Verni zvezdu moyu)“ 2012 „Oʻgay ona“ Murod aka 1969 „Oʻtgan kunlar“ Muslim 2006 „Shiringina armonim“ 2006 „Sunami“ Botir aka 1992 „Bednie lyudi“ 2001 „Gore-zloschaste“ 1987 „Smisl jizni“ 1990 "Pod maskoy „Chernoy koshki“" 2016 „Toliqqan koʻngillar oyga talpinar“ 2016 „Muqaddas istak“ 2016 „Ona“

Serial Yil Film nomi Rol „Nafs balosi“ „Qonli olishuv“ Naim 1998-2003 Shaytanat Haydar „Kesak polvon“ 1999 „Zanjir“ Erkin aka 2010 Jiyda guli 2016 „Qasam“ 2016 „Tugun“ 2015 „Mehmonxona“ 2017-2018 „Mehmonxona“

Serial Son Film nomi Rol 100 "„Otalar soʻzi—aqlning koʻzi“" koʻrsatuvida 100 dan ortiq rol oʻynagan 500 „500 dan ortiq film (multfilm, ertak-filmlar)“ dublyaj qilishda qatnashgan „Turmush chorrahalarida“

Kliplar Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol 2006 Bojalar „Eslama meni“ Qizning otasi 2016 Hojiakbar Haydarov „Doʻlana“ Erkin Komilov

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari