Qasos surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy mavzusi Sura oʻz maʼno-mohiyati, eʼtibori bilan "Sho‘aro" va "Naml" suralarining davomidir.
Bu surada insonlar ibrat olishlari uchun ikki zolim kimsaning qilgan kirdikorlari va topgan oqibat-halokatlari haqida hikoya qilinadi. Ulardan biri qoʻl ostidagi hukm-u saltanat sababli oʻzidan ketib, hatto oʻzini Xudo deb atashgacha borib yetgan zolim va mustabid podshoh - Firʼavn boʻlsa, ikkinchisi topgan mol-u davlatiga mast boʻlib, din-u diyonatni unutgan Qorundir. Qur’on ulardan birini suv, ikkinchisini esa yer yutgani haqida xabar beradi.
Bu surada Alloh taoloning suyukli paygʻambarlaridan Muso alayhissalomning tugʻilishlaridan tortib, qanday paygʻambar boʻlganlari va koʻrgan-kechirgan ibratli sarguzashtlari boshqa suralarga nisbatan mufassal va mukammal so‘zlangan sababli u "Qasos" - "Qissa" deb atalgandir. Sura ikki dunyo saodati bo‘lgan iymon-eʼtiqodga daʼvat qilish bilan xotimalanadi.
Manbalar