Mavlono Ashraf (15-asr) - shoir. Alisher Navoiyning zamondoshi. Hamsanavislarga ergashib, "Hamsa" yozgan. Navoiy "Hamsa" va "Majolis un-nafois" asarlarida M. A. ijodini ijobiy baholagan va dostonlarida originallikka intilganligini alohida taʼkidlagan. Zayniddin Vosifiy va Xondamir ham M. A.ning badiiy qobiliyatini yuksak baholagan. Ayrim sheʼrlari bizgacha saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar