Majusiylik — 1) zardushtiylikning musulmonlarda atalishi; 2) yakkaxudolik paydo boʻlgunga qadar vujudga kelgan diniy eʼtiqodlar, marosim va bayramlarni ifodalash uchun ishlatiladigan atama. "M." tushunchasi sehrgarlik, animizm, fetishizm, totemizm kabi ibtidoiy din shakllarini ham ifodalaydi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar