Pierre-Émile Martin (1824.18.8, Burj, Fransiya — 1915.25.5, Furshambo, Fransiya) — fransuz metallurgi, alangali pechda poʻlat eritish asoschisi. Konchilik maktabini bitirgandan soʻng otasining metallurgiya zavodida ishlagan; 1854—83 yillar metallurgiya zavodi direktori. Regeneratorsh alangali pechda quyma poʻlat olish usulini taklif qilgan (1864). Bu pech keyinchalik marten pechi nomini olgan. M. taklif qilgan marten jarayoni metallurgiyada 19-asr 70-yillaridan boshlab hozirgacha keng qoʻllanadiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:25-mayda vafot etganlar Turkum:1915-yilda vafot etganlar Turkum:18-avgustda tugʻilganlar Turkum:1824-yilda tugʻilganlar