Mahdiyxon Muhammad Nizomiddin Muhammad Hodiy al-Husayniy (XVIII asr, Astrobod — 1759 va 1768-yillar orasi) — tilshunos olim.
Astrobodda tugʻilgan. Eron shohi Nodirshohning (1736-1747) shaxsiy kotibi boʻlgan. Mahdiyxonning ilmiy merosi tarix, insho, filologiya va fizikaga oid. „Tarixi Nodiriy“ va „Durrai Nodiriy“ kabi tarixiy asarlari Yevropa tillariga tarjima qilingan. Mahdiyxonning fizikaga oid „Kitobi javohir attabiiya“ („Tabiat javohirlari kitobi“) asari 1888-yilda Haydarobodda nashr qilingan. Mahdiyxon sharqshunoslikka oid „Sangloh“ („Maboni ullugʻot“) kitobida Alisher Navoiy asarlari misolida oʻzbek tili grammatikasini fonetik va morfologik jihatdan tahlil qilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:XVIII asrda vafot etganlar