Mérida — Meksikaning janubi-sharqiy qismidagi shahar. Yukatan yarim orolida, Yukatan shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 892 ming kishi (2016). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dagʻal tolali xeneken (agava) yetishtiriladigan yirik qishloq xoʻjaligi rayonining markazi. Toʻqimachilik (xenekenni qayta ishlash, arq-on ishlab chiqarish), oziq-ovqat, metallsozlik, ip gazlama, koʻn-poyabzal, sement sanoati korxonalari mavjud. Universitet, Yukatan arxeologiyasi va tarixi muzeyi bor. Turistlar koʻp keladi. Shaharga 6-yanvar 1542-yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan XVI—XVIII asrlarda qurilgan binolar saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar

Manbalar

Havolalar

Mérida shahri Bosh sahifa

Turkum:Meksika Turkum:Tarixiy mamlakatlar poytaxtlari