Miroxoʻr — Oʻrta Osiyo xonliklarida mansabdor shaxs; saroy otxonalari boshligʻi. Buxoro amirligida M. — hukmdorning eng yaqin kishilariga beriladigan toʻrtinchi sharafli rutba. M. saroy otboqarlariga yetakchilik qilishdan tashqari, amir haramini ehtiyotlash, u yerga oziq-ovqat, kiyim-kechak va hokazo zaruriy narsalar keltirish bilan ham mashgʻul boʻlgan. Bobur, Ogahiy asarlarida M.ning harbiy yurishlarda ishtirok etib, muayyan qism va boʻlinmala^ga sarkardalik qilganligi haqida maʼlumot keltiriladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Buxoro amirligi kishilari