Dmitriy Vasilyevich Nalivkin [1889.13(25).08, Peterburg, — 1982-yil, 3-mart, Sankt-Peterburg] — rus geologi va paleontologi, akademik (1946), Turkmaniston Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1951), Mehnat Qahramoni (1963). Ilmiy ishlari stratigrafiya, paleontologiya, paleozoy paleogeografiyasi, regional geologiya, Ural, Oʻrta Osiyo, Sharqiy Yevropa platformasi foydali qazilmalarini izlab topishga bagʻishlangan. Dmitriy Nalivkin — fatsiyalar haqidagi taʼlimotga asos soluvchilardan biri. Geologik xaritalar tuzishda qatnashgan.

Manbalar Ocherki geologii Turkestana, M.. 1926; Ucheniye o fatsiyax, 3 izd., t. 1—2, M.— L., 1955—56; Braxiopodi verxnego i srednego devona Turkestana, M. — L., 1930; Uragani, buri i smerchi, L., 1969.

Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1889-yilda tugʻilganlar Turkum:1982-yilda vafot etganlar Turkum:Rossiyada tugʻilganlar Turkum:Geologlar