Nebitdogʻ — Turkmanistonning gʻarbidagi gumbazsimon qirlar. Katta Bolxon tizmasidan jan.-gʻarbda. N. qadimda dengiz suvi bilan qoplangan Koʻlkor yoki Boboxoʻja shoʻrxogidan orol koʻrinishida koʻtarilib turgan. Mutlaqbal. 39 m. N. uchlamchi davr (neogen)ning yumshoq qizil jinslaridan tarkib topgan. N. atrofida neft konlari bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi