Johann Heinrich Pestalozzi (1746-yil, 1-dekabr, Syurix – 1827.17.2, Brugg) – shveysariyalik pedagog, boshlangʻich taʼlim nazariyasi asoschisi. Karolinum kollegiumining ikki kursini tugatgan. Neyxofda „Kambagʻallar uchun muassasa“, Stans shahrida yetimxona, Burgdorf va Iverdonda institutlar ochgan va ularga rahbarlik qilgan. Pestalozzi fikricha, tarbiyaning maqsadi insonlarning barcha tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini har tomonlama va uygʻun oʻstirishdan iborat. Uning elementar maʼlumot nazariyasiga koʻra, tarbiyalash oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin murakkabroq darajaga koʻtarilib borishi kerak. Pestalozzi bolalarga ilk bor hisob, oʻlchash va nutqni oʻrgatish metodikasini ishlab chiqdi, boshlangʻich taʼlimga geom., geografiya, rasm solish, ashula, gimnastikadan oddiy maʼlumotlarni kiritib, uning mazmunini kengaytirdi. Asosiy asarlari: „Lingard va Gertruda“ (1781—87), „Oqqush qoʻshigʻi“ (1826), „Gertruda oʻz bolalarini qanday qilib oʻqitadi“ (1801)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1746-yilda tugʻilganlar Turkum:12-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1827-yilda vafot etganlar Turkum:17-fevralda vafot etganlar Turkum:Pedagogika