Shermatov Aʼzam (1925-yil, 3-yanvar, Koson tumani – 1993.25.2, Toshkent) – tilshunosshevashunos olim. Oʻzbekistondaxizmat koʻrsatgan fan arbobi (1986), filologiya fanlari doktori (1978), professor (1982). Buxoro pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1951). Qarshi oʻqituvchilar institutida oʻqituvchi (1951 – 53), direktor oʻrinbosari (1953–57). Toshkent pedagogika institutida oʻzbek tilshunosligi kafedrasida oʻqituvchi va dotsent (1960–62), tarix-filologiya fti dekani (1962–67), rus guruhlarida oʻzbek tili kafedrasi mudiri (1967–73), oʻzbek va qozoq filologiyasi fti dekani (1976–80), umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri (1973-yildan). Oʻzbek dialektologiyasi va umumiy tilshunoslik boʻyicha oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun bir qancha oʻquv qoʻldanmalari va dasturlari yaratgan. Asosiy ilmiy ishlari Qashqadaryo viloyati oʻzbek shevalari tadqiqiga bagʻishlangan.

Manbalar Quyi Qashqadaryo oʻzbek shevalari, T., 1972; Uzbekskiye narodnne govorm Kashkadarinskoy oblasti, T., 1978; Atlas uzbekskix narodnix govorov Kashkadarinskoy oblasti,. 1"., 1979; Lingvistik geografiya nima? T., 1981.

Turkum:25-fevralda vafot etganlar Turkum:1-martda tugʻilganlar Turkum:1925-yilda tugʻilganlar Turkum:1993-yilda vafot etganlar