Maykroft Xolms () — Artur Konan Doyl qissallarida keltirilgan betakror qiyofalardan biri. U uzquvar detektiv Sherlok Xolmsning akasi boʻlib, yoshi jihatidan yetti yilga Xolmsdan farq qiladi. Ular orasida doimiy kelishmovchiliklar tez-tez boʻlib turgani bois, bu vaziyat ularga oddiydek tuyulardi. Bu shaxs Doylning 4ta hikoyasida paydo boʻla boshlagan: «Tarjimon bilan boʻlgan voqea» (birinchi paydo boʻlishi), «Sherlok Xolmsning soʻnggi ishi», «Boʻsh uy», «Bryus-Partington chizmalari».

«Bryus-Partington chizmalari» hikoyasida keltirilishicha, 1895-yilning noyabrida boʻlgan hodisada Maykroft Xolms mana bunday taʼriflanadi:

Maykroft ukasiga nisbatan ancha aqlli inson boʻladi. Britaniya Mudofa vazirligida ishlaydi. Xolms Vatsonga avvaliga uni yaxshi bilmaganligi uchun akasini mudofa vazirligida moliyaviy hisobotlar bilan ishlashini aytadi. Sherlok aynan «Bryus-Partington chizmalari» hikoyasida Dr. Vatsonga Maykroft haqida ushbu soʻzlarni aytadi:

Sherlok Xolms Maykroftning sohasi «barcha narsani bilish» ekanligiga doim shama qiladi. Sherlokdagi kabi, Maykroft ham «deduksiya nazariyasi»ni aʼlo darajada oʻzlashtiradi, lekin bu qobiliyatni kursida oʻtirish uchun sarflamaydi. Maykroftning bu harakteri borasida Sherlok mana bu soʻzlarni aytgan: «Agarda izquvar hayotidagi sanaʼt boshlanishi va tugashi shu kresloda aks etganida edi, mening akam Maykroft jinoiy ishlarni fosh etish borasida dunyodagi eng yaxshi arbob boʻlar edi. Lekin unda koʻngilchanlik va energiya yetishmaydi.» Maykroft Londonning eng nufuzli odamlari birlashgan jamiyat «Diogen» Uaythollni aʼzosi boʻladi. Sherlok bilan juda ham kam muomalada boʻladi: «Bryus-Partington chizmalari» hikoyasida Maykroft 10 yildan beri ukasi Sherlok yashayotgan Beyker-Stritdagi uyga bor-yoʻgʻi bir marotiba kelgan. Maykroft Sherlokni «yosh bola» desa, izquvar akasini «yoqimtoy Maykroft» deb ataydi.

Turkum:Sherlok Xolms Turkum:Adabiy qahramonlar