Qarshi xalqaro aeroporti  – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri yaqinidagi xalqaro aeroport. 2020-yil 1-avgustdan boshlab „beshinchi havo erkinligi“ huquqini qoʻllagan holda „Ochiq osmon“ rejimi joriy etilgan.

Tarixi Qarshi xalqaro aeroporti MChJ 1994-yil 13-yanvarda alohida yuridik shaxs sifatida Adliya vazirligi roʻyxatidan oʻtkazilgan. 2018-yilgacha Oʻzbekiston havo yoʻllari Milliy aviakompaniyasi tarkibida boʻlgan. 2018-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6-fevral kuni imzolagan „Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari“ toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq Qarshi aeroporti Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasi tarkibidan chiqarilib xalqaro kompaniya boshqaruviga berilishi belgilangan, lekin xalqaro kompaniyaga berilmagan.

2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-sonli prezident farmoni bilan Oʻzbekistondagi aeroportlarni boshqarish uchun Uzbekistan Airports kompaniyasi tashkil etildi va Qarshi aeroporti ham yangi kompaniya tarkibiga kiritildi.

2022-yil Qarshi xalqaro aeroporti quvvatini ikki barobar oshirish va yoʻlovchilarga qulayliklar yaratish uchun yangi qurilmalar oʻrnatish maqsadida aeroportda rekonstruksiya ishlari boshlandi.

Bunda yoʻlovchilar oʻtkazuvchanlik qobiliyatini soatiga 200 dan 400 yoʻlovchigacha va roʻyxatga olish stollari soni 3 tadan 10 tagacha oshiriladi.

Tavsifi Qarshi aeroporti Oʻzbekiston Respublikasidagi yirik aviatashkilotlardan biri hisoblanib uning asosiy faoliyati quyidagilardan iboratdir:

Havo kemalariga yerda xizmat koʻrsatish; Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish; Yuk xizmat koʻrsatish; Pochta xizmat koʻrsatish.

Qarshi aeroporti Uzbekistan Airports tarkibiga kiradi. Qarshi aeroporti 1 soatda 100 ta aviayoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Yongʻin xavfsizligi boʻyicha UTPZ (Yongʻindan himoyalash talablari darajasi) ning 8-darajasiga teng.

Aeroportdan Toshkent, Moskva shahriga muntazam qatnovlar amalga oshiriladi hamda Yevropa va Osiyo mamlakatlariga charter qatnovlari amalga oshiriladi. Yoʻlovchi va yuk tashuvlari yildan yilga oʻsib bormoqda. Axborotlar texnologiyasini rivojlanishi munosabati bilan aeroport tashuvlarni tashkil qilish xizmatida yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish uchun elektron koʻrinishdagi aviachiptalarni sotish hamda SDCS global tizimida yoʻlovchilarni qayd qilish joriy etildi.

2020-yilda Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrining Pulkovo aeroportidan „Ural Airlines“ aviakompaniyasining Airbus 320 rusumli havo kemasida charter aviaqatnovi amalga oshirildi.

Shu yilda Qarshi xalqaro aeroporti Boeing 787 orzu (Dreamliner) havo kemasini kutib oldi. Boeing 787 havo kemasi Qarshidan soat 13:00 da 232 yoʻlovchi bilan Vyetnam poytaxti Xanoy shahriga uchib ketdi.

2022-yil 1-noyabrdan 25-dekabrga qadar Oʻzbekiston havo yoʻllarining HY-065/066 va HY-069/070 Toshkent—Termiz—Toshkent, HY-609/610 Termiz—Moskva—Termiz, HY-711/712 Termiz—Sankt-Peterburg—Termiz aviaqatnovlarining yetib kelishi va joʻnab ketishi Qarshi xalqaro aeroportidan va yangi jadvalga asosan amalga oshirildi.

Aloqalari Aeroflot Pulkovo xalqaro aeroporti Domodedovo xalqaro aeroporti Navoiy xalqaro aeroporti Toshkent xalqaro aeroporti

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

Statistika +Qarshi xalqaro aeroportining yillik yoʻlovchilar oqimi statistikasi (2023–2025)YillarYoʻlovchilar soniYoʻlovchilar sonining oʻzgarishi, %daParvozlar soniParvozlar sonining oʻzgarishi, %daManbalar2023 71 580 1 110 2024 169 644 137,0% 1 865 68,0% Passajiropotok aeroportov Uzbekistana viros na 30%2025 176 331 3,9% 2 138 14,6%

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston aeroportlari Turkum:Qashqadaryo viloyati bino va inshootlari Turkum:Qarshi