Peter Sarnak () (1953-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — janubiy afrikalik-amerikalik matematik. Sonlarning analitik nazariyasi sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2014-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Sarnak 1976-yil Witwatersrand universitetidan BSc darajasini olgan. 1980-yil Stanford universitetidan Paul Cohen rahbarligida PhD darajasini olgan. Olim ish faoliyati davomida Courant matematika fanlari instituti, New York, Stanford, Princeton universitetlarida hamda Perspektiv tadqiqotlar institutida ishladi.
Sarnak matematik analiz hamda sonlar nazariyasi sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan. Oʻz zamonasining sonlar nazariyasi boʻyicha eng yetuk mutaxassislaridan biri hisoblanadi. Rankin–Selberg metodi boʻyicha ishlari Hilberning 11-masalasi yechilishiga olib keldi.
Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Stanford universiteti bitiruvchilari