Firdavsbek Ulugʻbek oʻgʻli Musabekov (tugʻ. 1997-yil 11-fevral, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek suzuvchisi-paralimpiyachi,O'zbekiston tarixidagi birinchi erkak suzuvchisi Paralimpiya o'yinlariga oltin medalni qo'lga kiritgan.Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Rioda bo'lib o'tgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlari Olimpiya chempioni, 2020-yilgi Tokio Paralimpiya oʻyinlarida 4 o'rinni egallagan va Parij 2024 Paralimpiya oʻyinlarida ham 4-o'rinni egallagan, Jahon chempionati kumush medali sovrindori,Yevropa ochiq chempionati g'olibi va sovrindori Yozgi Paraosiyo oʻyinlari gʻolibi va sovrindori.

Martaba 2008-yildan boshlab Firdavsbek oʻzi tugʻilib oʻsgan Andijon shahridagi „Delfin“ sport klubida suzishni boshlagan. 2015- yildan buyon xalqaro musobaqalarda qatnashib kelmoqda.

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u ukrainalik suzuvchi Aleksey Fedin bilan birga SB13 100 metrga brass usulida suzishda 1: 04,94 hisobida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Musabekovni "Oʻzbekiston iftixori " faxriy unvoni bilanhttps://lex.uz/docs/3131883.

Firdavsbek Musabekov 2018-yilda Berlinda (Germaniya) boʻlib oʻtgan Xalqaro Paralimpiya Jahon suzish seriyasida 50 metrga brass usulida suzish boʻyicha kumush medal, 200 metrga esa xuddi shu uslubda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan yozgi Paraosiyo oʻyinlarida SB13 toifasida 100 metrga brass usulida birinchi oʻrinni egalladi va kompleks bilan SM13 toifasida 200 metr masofaga kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2019-yilda esa Firdavsbek Londonda (Buyuk Britaniya) paralimpiya suzish boʻyicha jahon chempionatida SB13 toifasida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida SB13 toifasida 100 metrga brass usulida suzish boʻyicha 1:05.85 natija bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

Manbalar

Turkum:Kishilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston para-suzuvchilari Turkum:Paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik oltin medal sohiblari