Oʻtkir Rahmat (1948-yil 15-martda tugʻilgan) oʻzbek shoiri va jurnalistidir. „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharriri.

Hayoti Oʻtkir Rahmat 1948-yil 15-martda Samarqand viloyati Toyloq tumanining Uzun qishlogʻida tugʻilgan. Samarqand davlat universiteti va Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. U oʻz mehnat faoliyatini matbuot nashrlarida boshlab, soʻngra koʻp yillar nufuzli idoralarda xizmat qildi. 1998-yilda „Shuhrat“ medaliga va 2005-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoniga sazovor boʻlgan. Xalqaro Choʻlpon mukofotining sohibi. Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzosi. Ayni paytda „Xalq soʻzi“ va „Narodnoye slovo“ gazetalarining bosh muharririhttps://ziyouz.com/portal-haqida/xarita/o-zbek-ziyolilari/o-tkir-rahmat-1948.

Ijodi Oʻtkir Rahmatning birinchi sheʼri 1966-yillarda chop etiladi. Shoirning „Irmoq“ (1988), „Sogʻinch“ (1991), „Rayhon hidi“ (1993), „Shukrona“ (1995), „Oy yogʻdusi“ (1996), „Koʻzim qorachugʻi“ (1998), „Xayol ifori“ (2008), „Yurakdagi qush“ (2009), „Xoksor maysa“ (2010), „Dilchiroq“ (saylanma kitobining birinchi jildi) kabi oʻndan ziyod sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan.

Oʻtkir Rahmat sheʼrlari samimiyligiga, goʻzal tashbehlar va istioralar aks etgan misralari bilan oʻquvchini maftun etadi.

Ayniqsa, tabiatning tabiiy boʻyoqlari soʻzlarga koʻchib oʻtish jarayonida nafis rang-baranglik hosil qilishi — shoir ijodining oʻziga xos jihati sifatida eʼtiborni tortadihttps://kun.uz/uz/18543025https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/otkir-rahmat-sherlar-dilshod-karimov-tuygularning-sokin-va-teran-mavjlari-shukrona-sherlar-toplami.html.

Nashr etilgan asarlari Nashr etilgan asarlariAsar nomiNashr shahriYilNashriyotIrmoqToshkent1988SogʻinchToshkent1991Rayhon hidiToshkent1993ShukronaToshkent1995Oy yogʻdusiToshkent1998Koʻzim qorachugʻiToshkent1998Xayol iforiToshkent2008Yurakdagi qushToshkent2009Xokisor maysaToshkent2010Dilchiroq

Havolalar

Manbalar Oʻtkir Rahmat Saviya saytida Oʻtkir Rahmat, "Xalq soʻzi" va "Narodnoye slovo" gazetalarining bosh muharriri "Oʻzbekiston taraqqiyotida yangi bosqich. Bir yillik faoliyatga nazar" (14-dekabr 2017-yil) Kun.uz Oʻtkir Rahmat Kitobxon saytida

Turkum:1948-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalistlar Turkum:Choʻlpon mukofotining sohiblari Turkum:Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Turkum:Shuhrat medali sohiblari