Spider-Man: Across the Spider-Verse 2023-yili katta ekranlarga chiqarilgan superqahramonlar haqidagi kompyuter-animatsion filmdir. Columbia Pictures va Sony Pictures Animation Marvel bilan hamkorlikda ishlangan boʻlib, Sony Pictures Releasing tomonidan tarqatilgan. Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Miles Morales / Oʻrgimchak-odam personajiga asoslangan. 2018-yilda ishlangan Oʻrgimchak-odam: Yondosh olamlar multfilmi davomidir. Film rejissorlari — Joaquim Dos Santos, Kemp Powers va Justin K, ssenariy mualliflari — Phil Lord, Christopher Miller va David Callaham. Filmda bosh qahramonlarga Oscar Isaac, Shameik Moore va Hailee Steinfeld ovoz bergan.

Spider-Man: Across the Spider-Verse premyerasi AQShda 2023-yil 2-iyunda boʻldi. Film umumjahon boʻylab $248 million daromad qildi va 2023-yilning 10chi eng kassabop filmiga aylandi.

Syujeti Miles Morales / Oʻrgimchak-odam va Gwen Stacy / Oʻrgimchak-ayol qudratli yovuz bilan toʻqnash kelishi lozim boʻlgan yangi oʻrgimchak-odamlar jamoasi bilan birgalikda multi-olam boʻylab sarguzashtga otlanadi.

Ovoz berganlar Oscar Isaac — Miguel OʻHara / Oʻrgimchak-odam 2099: Kelajakdan kelgan Oʻrgimchak-odamning alternativ versiyasi. Shameik Moore — Miles Morales / Oʻrgimchak-odam: Oʻrgimchakka oʻxshash qobiliyatlarga sohib oʻspirin. Peter Parker vafotidan soʻng, uning oʻrnini egallaydi. Hailee Steinfeld — Gwen Stacy / Oʻrgimchak-ayol: Boshqa oʻlchamli olamdan kelgan superqahramon. Jake Johnson — Peter B. Parker / Oʻrgimchak-odam: Oʻrgimchak-odamning qari va toʻzigan versiyasi. Boshqa oʻlchamli olamdan kelgan. Issa Rae — Jessica Drew / Oʻrgimchak-ayol

Oʻrgimchak-odamning Yaponiyadagi versiyasi boʻlgan Takuya Yamashiro (ilk bor 1978-yili efirga uzatilgan Oʻrgimchak-odam multserialida koʻrinish bergan) ham filmda koʻrinish beradi.

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:2023-yil filmlari Turkum:2023-yil 3D-filmlari Turkum:2023-yil multfilmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:Kompyuterli animatsion filmlar Turkum:Oʻrgimchak-odam haqidagi filmlar Turkum:Sony Pictures Animation filmlari Turkum:Columbia Pictures animatsion filmlari Turkum:Columbia Pictures filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:Parallel olamlar haqidagi filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Justin K. Thompson filmlari Turkum:Kemp Powers filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari