Donzaleigh Abernathy (; 5-avgust, 1957-yil, Montgomery, Alabama, AQSh) — amerikalik aktrisa, yozuvchi va fuqarolik huquqlari boʻyicha aktivist.

Yoshligi Abernathy Alabama shtatining Montgomery shahrida tugʻilgan va fuqarolik huquqlari harakati davrida Jorjiya shtatining Atlanta shahrida oʻsib ulgʻaygan. Abernathy Spring Street boshlangʻich maktabiga birlashadi va janubda ommaviy integratsiyani boshlaydilar. Abernathy qisqa vaqt davomida Northside Ijro sanʼati oʻrta maktabida oʻqiydi va keyin Pensilvaniya shtati, Bucks okrugidagi Quaker tayyorlov maktabida tahsil oladi.

Uning otasi fuqarolik huquqlari harakatining nufuzli rahbari Ralph Abernathy, onasi esa fuqarolik huquqlari faoli Juanita Abernatilardir„Donzaleigh Abernathy, MLK’s Goddaughter, Reveals Memories from 'Thrillingʻ Civil Rights Movement“. PEOPLE.com. Retrieved April 15, 2021.. U ota-onasiga qoʻshilib, fuqarolik huquqlari harakatining koʻplab muhim voqealariga bevosita guvoh boʻladi. Uning oilasi fuqarolik huquqlari harakatining yana bir koʻzga koʻringan arbobi doktor Martin Luthter Kingning oilasiga juda yaqin edi. Abernathy va King bolalari maktabga birga borishgan, darsdan tashqari mashgʻulotlarni birgalikda bajarishgan, yakshanba kuni kechki ovqatlarni, taʼtil va turli bayramlarni birga oʻtkazishgan. Abernathyning oʻziga koʻra, har ikkala oilaning farzandlari oʻz ota-onalari uchun spektakllarni Lutherning qizlaridan biri Yolanda King bilan birga rejissorlik qilishgan va doktor King spektakllarni suratga olgan. Abernathy „haqiqatan ham oʻshanda aktyorlik faoliyatini boshlagan edim“, deya taʼkidlab oʻtgan. U aktyor/produser Dar Dixon Bijarchi bilan turmush qurgan„Donzaleigh Abernathy“. National Action Network Annual Convention. Archived from the original on February 9, 2017. Retrieved July 5, 2017..

Faoliyati Bostondagi Emerson kollejini tugatgandan soʻng, Abernathy New-Yorkka koʻchib oʻtadi. U Off Off Broadway produseridagi roli uchun tinglovdan soʻng oʻzining birinchi ishiga kirishadi„Ralph Abernathy’s daughter, Donzaleigh, gets role in TV western drama, 'Ned Blessingʻ“. Jet Magazine. 84: 38-39. August 23, 1993.. Oʻshandan beri Abernathy koʻplab filmlar va teleseriallarda rol oʻynagan. " Gods and Generals " tarixiy dramasida u Marta ismli qul obrazini tasvirlaydi. Garchi filmning oʻzi tanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilinmagan boʻlsa-da, Abernathy oʻzining roli uchun maqtovga sazovor boʻladi. Bir sharhlovchining taʼkidlashicha, „Abernathyning Marta qiyofasi kuch va jozibani uygʻunlashtiradi“. U toʻrt yil davomida Lifetimening Any Day Now serialida muntazam rol oʻynab keladi. Janubning farzandi sifatida Abernathy fuqarolik huquqlari harakatidan qattiq taʼsirlangan. Natijada, u rol bilan shaxsiy darajada bogʻlana olish imkoniga ega boʻladi.

Donzaleigh Abernathyning taʼkidlashicha, u 2016-yilning may oyida AQShning „Shooter“ koʻrsatuvi uchun Omar Epps bilan suratga tushgan.

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar1994Camp NowhereDorothy Welton1995Night of the Running ManFrancine1995Lone Justice 2Effie Petit2003Gods and GeneralsMartha2003Leprechaun: Back 2 tha HoodEsmeraldaVideo2006GrilledKaren2015FingerprintsDelphine Frost2016SleightMary201659 SecondsKatherine2020Aunt Urtha

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar1990Murder in MississippiSueTV Film1990, 1992L.A. LawJenny Manley, Naomiepizodlar: „Watts a Matter?“, „Silence of the Lambskins“1992Grass RootsCora Mae TurnerTV Film1993SirensMariah Henryepizod: „Strike Two“1993Bodies of EvidenceClarissa Watsonepizod: „Endangered Species“1993Ned Blessing: The True Story of My LifeEffie Pettitepizod: „Return to Plum Creek“1994NYPD BlueMrs. Dantonepizod: „Guns 'n Rosaries“1994Family AlbumLorrieTV kichik qismli seriali1995Amazing GraceD.A. Goodwinepizod: „Family Values“1995Cagney & Lacey: Together AgainAlcina LewisTV Film1996Dangerous MindsIrene Timmonsepizodlar: „Pilot“, „Family Ties“, „Need Deep“1997Miss Eversʼ BoysBettyTV Film1997EZ StreetsPatricia Wylerepizodlar: „St. Jude Took a Bullet“, „One Acquainted with the Night“1997Nora Dawsonepizod: „Wild Fire“1997Don King: Only in AmericaHenrietta KingTV Film1998Susan Healyepizod: „Hazards“1998Chicago HopePorschia Tateepizod: „Absent Without Leave“1998Mambo AzaleighTV Film1998-2002Any Day NowSara JacksonBosh rol1999Dr. HellstromTV Film2002Whitewash: The Clarence Brandley StoryNarratorTV Film200324Barbara Maccabeeepizodlar: „Day 2: 5:00p.m.-6:00pm“, „Day 2: 6:00pm-7:00pm“2004Judging AmyDenise Lawrenceepizod: „Conditional Surrender“2005-2006Commander in ChiefPatricia2006HouseBradyepizod: „Skin Deep“2008CSI: Crime Scene InvestigationCarolina Bellepizod: „For Gedda“2008-2009Lincoln HeightsHazel Glassepizod: „The Price You Pay“, „Lucky“2012-2013Dr. Stevensepizodlar: „Walk with Me“, „Made to Suffer“, „The Suicide King“2013ShamelessTawnyepizod: „Civil Wrongs“2015Father Peteʼs CornerThe FairyTV kichik qismli seriali2016SuitsGloria Dannerepizodlar: „Tick Tock“, „25th Hour“2016ShooterMrs. Fennepizodlar: „Exfil“, „Overwatch“2017Chicago P.D.Jeanette Barnesepizodlar: „Donʼt Read the News“2019Words & ActionsMonica Hendersonepizodlar: „Man Delights Not Me, Nor Woman Neither“

Kitoblari Donzaleigh Abernathy 2001-yilda Smithsonian institutining „In the spirit of Martin: the living legacy of Dr. Martin Luther King, Jr.“ insholar kitobiga hissa qoʻshgan mualliflardan biri boʻlgan. Yozuvchi 2004-yilda „ Partners to history: Martin Luther King, Jr., Ralph David Abernathy, and the civil rights“ kitobini yozgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Partners to History: Martin Luther King Jr., Ralph David Abernathy, and the Civil Rights Movement (Crown, 2003) In the spirit of Martin: the living legacy of Dr. Martin Luther King, Jr. (Tinwood Books, 2002)

Havolalar

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Afroamerikalik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar