Tícia GaraframelessGara 2007-yildaIsmiGara TíciaMamlakatlink=|alt=|border|23x23px VengriyaTugʻilgan sanasi va joyi (1984-10-25) 25-oktyabr, 1984-yil Budapesht, VengriyaUnvoniAyol grossmeyster (2002-yil)FIDE rating2317 (oktyabr 2017-yil)Peak rating2385 (sentyabr 2012-yil) Tícia Gara (1984-yil 25-oktyabrda Vengriya poytaxti Budapeshtda tugʻilgan) — vengriyalik shaxmatchi, ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega.
Shaxmatdagi karyerasi Ticia Gara 2006,„Khurtsidze, Muzychuk, Gara win Hungarian Championship“. ChessBase. 2006-09-22. 2007 va 2019-yillarda ayollar oʻrtasida o`tkazilgan Vengriya chempionatida g`oliblikni qo`lga kiritgan. 2009-yilgi musobaqada u va uning singlisi Anita birinchi oʻrinni egallashdi. Mazkur musobaqada Anita tay-brekda Ticiani yengib g`oliblik unvonini qoʻlga kiritdi.
Gara Vengriya terma jamoasi safida ayollar shaxmat olimpiadasida, ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida, qizlar oʻrtasidagi Yevropa jamoaviy chempionatida va ayollar oʻrtasidagi Mitropa kubogida ishtirok etgan. Uning jamoasi 2015-yilda Avstriyaning Mayrxofen shahrida ayollar oʻrtasidagi Mitropa kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi. U ikkinchi taxtada oʻynagan oltita oʻyinda oltita gʻalaba qozonib, gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshgan.
Ticia Gara ikki marta (2006, 2007) Vengriya ayollar chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
2001-yilda Budapesht xalqaro „Budapesht bahori“ shaxmat turnirida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2002-yilda u Budapesht xalqaro shaxmat turniri „First Saturday IM A“da ikkinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda esa Budapeshtdagi „Xalqaro ayollar bahor shaxmat festivali“ xalqaro shaxmat musobaqasida Sidoniya Vajda va Yveta Reylich bilan birinchi oʻringa davogar boʻldi.
Vengriya nufuzini toʻrtta shaxmat Olimpiadasida (2010—2016) va oltita jamoaviy shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida (2001, 2007-2015) himoya qilgan holda dona surgan.
Shaxsiy hayoti Ticia Gara vengriyalik ayol grossmeyster, xalqaro usta shaxmatchi Anita Garaning opasi hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar