Chloe Maggie Kelly (1998-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi. FA WSL va Angliya terma jamoasida va „Manchester City“ klubida hujumchi ampulasi sifatida oʻynaydi. U ilgari „Arsenal“ va „Everton“ klublarida oʻynagan va Angliyani 17,19 va 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoalarida maydonga tushgan.

UEFA ayollar oʻrtasidagi Euro-2022 musobaqasida Kelly zaxiradan maydonga tushib, gʻalaba golini kiritdi va jamoasi bilan birgalikda oʻzining birinchi yirik sovrinini qoʻlga kiritdi.

Yoshlik yillari Kelly 1998-yil 15-yanvarda tugʻilgan. Gʻarbiy Londondagi Xanvell tumanida oʻsgan boʻlib, yetti aka-ukaning eng kichigi edi. Kelly yoshligida besh akasi bilan futbol oʻynay boshlagan. „Arsenal“ning Rivojlanish markaziga qoʻshilishdan oldin u „Queens Park Rangers“da oʻynagan U yoshligida „Arsenal“ bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun poezdda ikki soatlik yoʻl yurgan Uning yoshlikdagi futbol kumiri Bobbi Zamora edi. U bir vaqtlar Queens Park Rangers oʻyinchisi boʻlgan...

Jamoalardagi faoliyati

Arsenal, 2015-17-yillar 2015-yilning 23-iyulida, 17 yoshida Kelly „Arsenal“ ning asosiy aʼzosi safida „Watford“ga qarshi qitʼa kubogida debyut qildi va oʻyinning 22-daqiqasidayoq ilk golini urdi. U „Notts County“ga qarshi oʻyinda (2:1) klub safida ikkinchi marta maydonga tushdi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3a/Chloe_Kelly_Arsenal_Ladies_Vs_Watford_%2819781588720%29.jpg/220px-Chloe_Kelly_Arsenal_Ladies_Vs_Watford_%2819781588720%29.jpg|right|thumb| Kelli „Arsenal“dagi debyut paytida, 2015-yil iyul 2016-yil fevral oyida Kelly oʻzining birinchi katta shartnomasini imzoladi.. U 25-iyun kuni FA WSL 2 jamoasida Evertonga ijaraga olingunga qadar jamoaning „Sunderland“ga (5:1) qarshi maydonga tushdi. Oʻsha yilning oktyabr oyida „Arsenal“ga qaytganidan soʻng, u 2016-yilgi FA WSL mavsumida „Arsenal“ tarkibida yana uchta oʻyin oʻtkazdi. Jamoa mavsumni  10-4-2 natijasi bilan uchinchi oʻrinda yakunladi. „Arsenal“ shuningdek, „Wambley Stadium“ boʻlib oʻtgan, 2016-yilgi Ayollar kubogi finalida ham gʻalaba qozondi. Kelly jamoada boʻlsa-da, „Chelsi“ ustidan 1:0 hisobidagi gʻalaba qozongan vaqtida maydonga tushmadi.

2017-yilning fevralida Kelly „Arsenal“ bilan yangi shartnoma imzoladi. U klub safida yettita oʻyinda maydonga tushdi va iyul oyida „Everton“ga ijaraga berilishidan oldin jamoa foydasiga ikkita gol urishga ulgurgan edi.

Everton (ijara asosida), 2016-18-yillar 2016-yil iyun oyida Kelly asosiy jamoada qoʻshimcha tajribaga ega boʻlish uchun FA WSL 2 jamoasi Evertonga uch oylik ijaraga asosida qoʻshildi. U Toffees uchun toʻqqizta oʻyin oʻtkazdi va ikkita gol urdi

2017-yil iyul oyida Kelly ikkinchi marta ijara asosida Evertonga qaytdi.. Kelly 2017-yilning qolgan oylarida „Everton“ tarkibida toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi va ikkita gol urdi.

Everton, 2018-2020 2018-yilning yanvarida Kelly „Arsenal“dagi jamoadoshi Taylor Hinds oʻynaydigan „Everton“ga 2020-yilning yozigacha shartnoma asosida doimiy transferni amalga oshirdi. U FA WSL 2017-18 mavsumida Everton tarkibida jami 15 oʻyin oʻtkazdi va ikkita gol urdi „Everton“ 4-12-2 hisobida turnir jadvalini toʻqqizinchi oʻrinda yakunladi.. 2018-19 yilgi FA WSL mavsumida Kelly butun mavsum davomida toʻpigʻidan jarohat olib oʻynaganiga qaramay, jamoaning „Brighton & Hove Albion“ klubiga qarshi 3:3 hisobidagi durang oʻyinida maydoga tushdi va gol urdi „Everton“ esa ushbu mavsumni 10-oʻrinda yakunladi

Oyogʻidan olgan jarohati tufayli oʻtkazilgan operatsiyadan soʻng, 2019-yil Kellyning karyerasi uchun burilish nuqtasi boʻldi. U FA WSL 2019-20 mavsumida Everton safida 12 oʻyinda toʻqqizta gol urdi va klubini umumiy jadvalda oltinchi oʻringa koʻtarilishiga yordam berdi. U ligada toʻpurarlar roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinda boʻlib, „Everton“ safidagi eng yaxshi toʻpurar oʻyinchi boʻldi... Jamoaning mavsumdagi ikkinchi oʻyinida Kelly dubl qayd etib, „Everton“ning 2:0 hisobidagi gʻalabasiga katta hissa qoʻshdi. Uning uzoq masofadan urgan ikkinchi goli internetda mashhur boʻlib ketti Kelly liganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi va oktyabr oyidagi sovrin uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritildi.. Kellyning mavsum boshida koʻrsatgan oʻyinlari unga milliy terma jamoa eshiklarini ochdi 2020-yil yanvar oyida Kelly „Reding“ga qarshi oʻyinda „Everton“ning 3:1 hisobidagi gʻalabasiga katta hissa qoʻshdi. Ushbu oʻyinda Kelly xet-trik qayd etdi. Bu „Everton“ tarkibidagi futbolchilarning 2013-yildan beri birinchi xet-triki boʻldi..

2020-yil iyun oyida Kelly, klub taklif etgan yangi shartnomani rad etib, „Everton“ni tark etdi.

Manchester City 2020-yilning 3-iyulida Kelly „Manchester City“ bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qilindi. 2020-yil sentyabr oyida u PFA WSL tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 4-oktyabr kuni u „Tottenham“ga qarshi oʻyinda dubl qayd etib, jamoasini 4:1 hisobidagi gʻalabasiga munosib hissa qoʻshdi. Bir necha kundan soʻng jamoa „Chelsea“ga 3:1 hisobida magʻlub boʻlganida, u 73-daqiqada „Manchester City“ning oʻyindagi yagona golini penalti orqali golga aylantirdi.

2021-yil 5-may kuni Kelly ACLda jarohat oldi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Kelly Angliyani kattalar terma jamoasida, shuningdek, koʻplab yoshlar terma jamoalarida, jumladan, 17 va 20 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoalarda mamlakat sharafini himoya qilgan.

Yoshlar terma jamoalarida 2014-yilda Kelly 2014-yilda Angliyada boʻlib oʻtgan (2014 UEFA Women's Under-17 Championship) 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida ishtirok etdi. 2015-yilning noyabrida u Italiyaga qarshi oʻyinda hisobni tenglashtirib. jamosini muqarrar magʻlubiyatdan asrab qoldi.

2018-yil avgust oyida Kelly (2018 FIFA U-20 Women's World Cup) 2018-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan Angliya U20 terma jamoasining aʼzosi edi.

Kattalar terma jamoasi, 2018- Kelly terma jamoadagi debyutini 2018-yilning noyabr oyida oʻtkazgan va Venada Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (3:0) zaxiradan maydonga tushgan.

U 2022-yil iyun oyida Angliya mezbonlik qilgan UEFA Womenʼs Euro-2022 uchun Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritilganEngland Squad. . 2022-yil 31-iyul kuni Kelly Germaniyaga qarshi Women's Euro 2022 final uchrashuvining 110-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, qoʻshimcha vaqtlar mobaynidagi oʻyinda Angliyaning gʻalabasini taʼminladi.

Kellyning futbolchilik faoliyatidagi statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha statistika, gollarKlubMavsumLigaFA KubogiLiga KubogiJamiDivizionOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarArsenal2015WSL 12000325220164100004120177200—72Jami1330032165Everton (ijara asosida)2016WSL 2830010932017-18WSL 1520055107Jami13500651910Everton2017-18WSL10100001012018-1911100301412019-201192040179Jami321120704111Manchester City2020-21WSL2110221124132021-2251210072Umumiy7024311789133

Xalqaro darajadagi oʻyinlar

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Angliya milliy terma jamoasidagi gollaridan boshlab koʻrsatilgan. Ballar ustuni Kellyning har bir golidan keyingi ochkosini koʻrsatadi.

+Chloe Kelly tomonidan xalqaro oʻyinlarda kiritilgan gollar roʻyxatiRaqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2022-yil, 16-iyunMolineux Stadium, Wolverhampton, England Belgiya 1-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 2 2022-yil, 31-iyul Wembley Stadium, London, Angliya Germaniya 2-1 2-1 (qoʻshimcha vaqtlar)UEFA Women's Euro 2022

Muvaffaqiyatlar Manchester City

Womenʼs FA Cup: 2019-20 FA Womenʼs League Cup: 2021-22

England U20

FIFA U-20 Womenʼs World Cup 3-oʻrin: 2018

Angliya

UEFA Womenʼs Championship: 2022

Individual muvaffaqiyatlar

Yana qarang

List of England womenʼs international footballers List of FA WSL hat-tricks

Maʼlumotnomalar

Havolalar

Manchester City player profile England player profile Chloe Kelly — UEFA competition record (archive) Everton player profile Chloe Kelly at Soccerway

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:UEFA Women's Euro 2022 futbolchilari Turkum:Manchester City W.F.C futbolchilari Turkum:Angliya ayollar terma jamoasi Turkum:Pages with unreviewed translations