Ozod Davronovich Farmonov (Oʻzbekiston SSR, SSSR) – davlat arbobi, Qashqadaryo viloyati hokimi (1995—1998-yil 3-iyun).
Tarjimai holi 1950-yil 15-avgustda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining Qorabogʻ qishlogʻida tugʻilgan.
Qishloq xoʻjaligi texnikumi, Moskva davlat pedagogika institutida oʻqigan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Oʻqishni tamomlagach, bir qancha oʻquv yurtlariga rahbarlik qildi.
226-son Kitob saylov okrugidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq (1995-1999) deputati etib saylangan. Deputatlikka saylangan vaqtida Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hokimi boʻlgan.
1995-yil 29-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Ozod Davronovich Qashqadaryo viloyati hokimi etib tayinlandi. 1998-yil 3-iyungacha Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
Manbalar
Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar