Aleksandr Fyodorovich Klepikov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai holi 1937-yilda Voronej viloyatida tugʻilgan. KPSS aʼzosi.

Mehnat faoliyati

1961-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1961-2008-yillarda sovxoz mexanigi, parrandachilik zavodi muhandisi, bosh muhandis, goʻsht va parrandachilik zavodi direktori, goʻsht konserva zavodi direktori, KPSS Borisoglebsk MK ikkinchi kotibi, shahar ijroiya qoʻmitasi raisi, KPSS Voronej viloyat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi, Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining 1-oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Sirdaryo viloyat qoʻmitasining ikkinchi kotibi, OʻKP Sirdaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi, KPSS Markaziy Qoʻmitasi Agrar siyosat boshqarmasi boshligʻi, RSFSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi agrar siyosat boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, mustaqil siyosatshunos, publitsist, noshir, musiqachi.

Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq deputati, SSSR xalq deputati etib saylangan.

KPSS XXVII syezdi delegati.

Vafoti

Moskvada yashagan. 2008-yil 25-noyabrda vafot etgan.

Havolalar

centrasia.org

Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:5-fevralda tugʻilganlar