Paragvay ayollar futboli chempionati Paragvaydagi ayollar futboli boʻyicha oliy liga musobaqasidir. Paragvay ayollar futboli chempionatining goʻlib jamoasi Janubiy Amerika Chempionlar Ligasi va Copa Libertadores de Fútbol Femenino kubogi musobaqasiga yoʻllanma oladi. Paragvay ayollar futboli chempionati Paragvay futbol assotsiatsiyasi tomonidan 1999-yilda tashkillashtiriladi.

Formati Paragvay ayollar futboli chempionatida jamoalar ikki davrali (uy va safar uchrashuvlari) tizimda oʻynaydi. Shundan soʻng eng yaxshi natija koʻrsatgan toʻrtta jamoa Paragvay ayollar futboli chempionati yarim finaliga yoʻl oladi. 2000-yillarning oxirida Paragvay ayollar futboli chempionatida ishtirok etishga istak bildirib ariza bergan jamoalar soni 6 taga qisqarib ketdi. Shundan soʻng Paragvay Futbol Federatsiyasi Paragvay ayollar futboli chempionatidagi ishtirokchi jamoalar somini qanday oshirish boʻyicha seminarlar oʻtkazdi. Natijada Paragvay ayollar futboli chempionati 2011-yilda 12 ta jamoaga koʻpaydi.

Chempion jamoalar roʻyxati Dastlab Paragvay ayollar futboli chempionati tashkil etilmasdan ham oldin, Paragvayda 1997-yilda eksperimental turnir oʻtkazildi va bu turnirda Nacional jamoasi gʻalaba qozondi. Paragvay ayollar futboli chempionati tashkil etilganidan keyin (1999), chempionat 2001-yilgi mavsumdan tashqari har yili oʻtkaziladi.

Paragvay ayollar futboli chempionatida Universidad Autonoma jamoasi 13 marta finalga chiqib shunda 9 tasidan ustun kelib Paragvay ayollar futboli chempionati gʻolibi boʻldi.

Paragvay ayollar futboli chempionatida 2004-yildan beri Apertura va Clausura (ikki kichik turnir) formati qabul qilingan. Lekin boshqa davlarlarning ikki kichik turnir formatidan farqli oʻlaroq, Paragvay ayollar futboli chempionatida Apertura va Clausura turnirlari gʻolibi chempion hisoblanmaydi (boshqa Janubiy Amerika davlatlarida ikkita jamoa chempion deb topiladi, balki chempionlik uchun pley-off uchrashuvini oʻtkazishadi. +Paragvay ayollar futboli chempionati final oʻyinlari roʻyxatiMavsumUmumiy chempionHisobIkkinchi oʻrinApertura turnir gʻolibiClausura turnir gʻolibi1999Universidad Autonoma—Nacional——2000Nacional—Olimpia——2001oʻtkazilmagan2002Real Sajonia—San Clemente Maria— -—2003Universidad Autonoma—Nacional -— -—2004Universidad Autonoma4-4, 3-1Cerro Porteño -— -—2005Universidad Autonoma2-0, 3-1LibertadLibertadUniversidad Autonoma2006Universidad Autonoma2-0, 1-2Cerro PorteñoUniversidad AutonomaCerro Porteño2007Cerro Porteño——Cerro Porteño—2008Universidad AutonomaFinal oʻyini oʻtkazilmagan—Universidad AutonomaUniversidad Autonoma2009Universidad Autonoma3-3 A, 3-1 HCerro PorteñoCerro PorteñoUniversidad Autonoma2010Universidad Autonoma—Cerro PorteñoCerro PorteñoUniversidad Autonoma2011Universidad Autonoma1-1, 1-1 (3-1 pen)Cerro PorteñoUniversidad AutonomaCerro Porteño2012Cerro Porteño2-1, 2-2Universidad AutonomaUniversidad AutonomaCerro Porteño2013Cerro PorteñoFinal oʻyini oʻtkazilmagan—Cerro PorteñoCerro Porteño2014Cerro Porteño5-3, 5-1Sportivo LimpeñoSportivo LimpeñoCerro Porteño2015Sportivo Limpeño1-2, 1-0 (5-4 penaltilar seriyasida)Cerro PorteñoSportivo LimpeñoCerro Porteño2016Sportivo Limpeño1-1, 3-1Cerro PorteñoCerro PorteñoSportivo Limpeño2017Cerro Porteño1-0, 2-3 (4-2 penaltilar seriyasida)Deportivo CapiatáCerro PorteñoDeportivo Capiatá2018Cerro PorteñoFinal oʻyini oʻtkazilmaganLibertad/Limpeño——2019Libertad/LimpeñoFinal oʻyini oʻtkazilmaganSol de AméricaLibertad/LimpeñoLibertad/Limpeño2020Covid-19 pandemiyasi sababli chempionat oʻtkazilmagan2021Cerro PorteñoFinal oʻyini oʻtkazilmaganSol de AméricaCerro PorteñoCerro Porteño2022aniqlanmoqdaaniqlanmoqdaOlimpiaaniqlanmoqda

Manbalar

Havolalar

Paragvay futbol assotsiatsiyasi  — ayollar futboli portali Turkum:Janubiy Amerikadagi ayollar assotsiatsiyasi futbol ligalari Turkum:Paragvay Turkum:Ayol futbolchilar Turkum:Ayollar futboli