Dilshod Sharofutdinov (1985-yil 15-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchisi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Dilshod professional faoliyatini 2004-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi tarkibida boshlagan. Sharofutdinov „Dinamo“ tarkibida 2008-yilgacha toʻp surgan va shu vaqt ichida u 91 ta oʻyinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan. 2009-yil boshida Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan, biroq tez orada ijara asosida Namanganning „Navbahor“ klubi tarkibiga oʻtgan. Namanganliklar tarkibida bir mavsum toʻp surgan va shu vaqt ichida 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 2009-yilgi mavsumda Paxtakor jamoasi safida Osiyo Chempionlar Ligasida barcha oltita oʻyinda maydonga tushgan.
2010-yil boshida ijara muddati yakunlanib Sharofutdinov „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga qaytgan va 2013-yil oxirigacha ushbu klubda oʻynagan. Bu vaqt ichida Dilshod 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urishga erishgan. 2014-yilda u Malayziyaning „Saima Derbi“ klubiga oʻtgan va u yerda 2015-yilning yoziga qadar oʻynagan. Oʻsha yilning iyul oyida Samarqandning „Dinamo“ jamoasi tarkibiga qaytdi. Sharofutdinov 2016-yilda jiddiy jarohat olgan. 2018-yilning 13-martida u Liga 1 klubi PSMS Medan bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi . KlubMavsumLigaKubokMalayziya liga kubogi kubogiOʻyinGolOʻyinGolT-Team201620620201722410Umumiy421030
Eslatma
Xalqaro oʻyinlar Sharofetdinov VTV – T&T kubogida Oʻzbekiston U-23 terma jamoasini himoya qildi.
Futboldan keyingi faoliyat Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng bir necha yila „Paxtakor“ va „Dinamo“ klubi tizimida faoliyat olib bordi. 2024-yil yanvar oyidan Samarqandning „Dinamo“ klubida bosh direktor lavozimiga tayinlangan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston chempioni: 2012 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2009, 2011 Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2011
Manbalar
Havolalar
Dilshod Sharofutdinov Soccerway saytida Dilshod Sharofutdinov
Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Sime Darby F.C. futbolchilari Turkum:Terengganu F.C. II futbolchilari Turkum:PSMS Medan futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Indoneziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Liga 1 (Indoneziya) futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar