Aleksandr Aleksandrovich Kovalyov (1986-yil 24-sentyabrda tugʻilgan) – Qozogʻistonda tugʻilgan oʻzbekistonlik professional futbolchi, soʻnggi marta Bekobodning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan. U himoyachi sifatida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Kovalyev 2010-yilning fevralida Bekobodning „Metalurg“ jamoasida ikki mavsum oʻtkazganidan soʻng „Bunyodkor“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi. Kovalyev „Bunyodkor“ safida 2010-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida bir marta maydonga tushgan.

Kattalar darajasida u 18 yoshida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida oʻynagan. U Oʻzbekiston chempionatidagi ilk golini 2005-yilning 25-oktyabrida „Qizilqum“ darvozasiga kiritgan. „Lokomotiv“da bir mavsum oʻtkazganidan soʻng Samarqandning „Dinamo“siga oʻtdi, soʻngra „Nasaf“ va Bekobodning „Metallurg“ klublarida toʻp surdi. 2009-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan, ammo maydonga tushmaganGlavniy trener natsionalnoy sbornoy Uzbekistana oglasil sostav igrokov poedinka protiv Malayzii.

2010-yilda u „Bunyodkor“ safida 7ta oʻyinda maydonga tushib, oʻsha mavsumda jamoa mamlakat chempioniga aylangan. Osiyo chempionlar ligasi bahslarida ham ishtirok etgan.

2011/12-yilgi mavsumda u „Enisey“ safida Rossiya birinchi divizionida oʻynagan, 24 ta oʻyinda ishtirok etganV „YeNISYeYe“ PROYDYeT PROSMOTR IGROK „BUNYeDKORA“. Oʻzbekistonga qaytgach, sobiq jamoasi – „Metallurg“ (Bekobod)da oʻynadi. 2016-yildan beri u professional darajada oʻynamadi.

2016-yildan beri Kaliningrad viloyatida yashaydi. Oʻzbekiston oliy ligasida 170 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

Manbalar

Havolalar

FootballFacts.ru saytidagi profil

Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Lokomotiv BFK futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:FC Yenisey Krasnoyarsk futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar