Vitaliy Afanasyevich Vitkalov (1933-yil 26-iyun – 2005-yil 26-dekabr) – sovet professional futbolchisi, himoyachi ampulasida oʻynagan. Murabbiylik faoliyati davomida Oʻzbekiston jamoalarida ishlagan.
Futbolchilik faoliyati ODO Toshkent yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi. Futbolchilik faoliyatini SSSR chempionatining ikkinchi toifasida Toshkentning „Spartak“ (1953—1955) va „Paxtakor“ (1956—1959) jamoalarida oʻtkazgan. 1960-yil 24-oktyabrda „A“ toifasidagi ligada yagona oʻyinni oʻtkazgan. Vitaliy „Qayrat“ jamoasiga qarshi oʻz maydonida oʻtgan oʻyinda(3:0) Maqsud Sharipov oʻrniga maydonga tushgan.
Oʻzbekiston SSR terma jamoasi tarkibida 1956-yil SSSR xalqlari Spartakiadasi ishtirokchisi.
Toshkentning „Zvezda“ havaskorlar jamoasida katta murabbiyi (1965—1966) va Toshkent viloyati „Sverdlovets“ jamoasida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan. SSSR Ikkinchi ligasida „Yangiyer“ (1975—1976), Nukusning „Amudaryo“ (1978), Namanganning „Tekstilshchik“ (1979), Toshkentning „Start“ (1980, 1983—1984), „Kosansayets“ Kosonsoy (1985), „Kimyogar“ Olmaliq (1990) jamoalarida katta murabbiy boʻlib ishlagan: FootBook :. Sayt futbolnoy statistiki.
Vitaliy 2005-yil 26-dekabrda 72 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Havolalar
Vitaliy Vitkalov Footballfactsru saytida
Turkum:1933-yilda tugʻilganlar Turkum:26-iyunda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:26-dekabrda vafot etganlar Turkum:2005-yilda vafot etganlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Spartak Toshkent futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Aral Samali futbol klubi murabbiylari Turkum:Kimyogar Olmaliq klubi murabbiylari Turkum:Start Toshkent klubi murabbiylari Turkum:Sverdlovets klubi murabbiylari Turkum:Yangiyer futbol klubi murabbiylari Turkum:Kosonsoy futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Navbahor klubi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar