„Crying in the Club“() — Kuba va Amerika davlatlari qoʻshiqchisi Camila Cabello tomonidan ijro etilgan singl. „Crying in the Club“ singli 2017-yil 19-mayda chiqarilgan. „Crying in the Club“ singlida Christina Aguileraning 1999-yildagi „Genie in a Bottle“ singlining interpolatsiyasi mavjud. Oʻrta templi tropik pop va raqs treki dastlab Cabelloning „The Hurting.The Healing. The Loving“ deb nomlangan studiyaviy albomining bosh singli boʻlish uchun moʻljallangan edi. Keyinchalik u trek roʻyxatidan oʻchirildi va 2017-yil 14-iyulda xuddi shu nomdagi albomning A-tomonida namoyish etildi. „Crying in the Club“ singli Bolgariya chartlarida uchinchi oʻringa, oʻn bir mamlakat chartlarida eng yaxshi qirqtalik roʻyxatiga kiritilgan. „Crying in the Club“ singli Qoʻshma Shtatlar, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Italiyada „Platinum“ sertifikatiga ega. „Crying in the Club“ singli Cabelloning Amerikadagi „Fifth Harmony“ guruhidan ketganidan keyin chiqargan birinchi singli edi.
Fon Cabello avvalroq produserlar Benny Blanco va Cashmere Cat bilan 2016-yil may oyida yozilgan „Love Incredible“ nomli qoʻshigʻida hamkorlik qilgan edi. Cabello „Fifth Harmony“ guruhini tark etganidan soʻng uzoq vaqt ijod bilan shugʻullanmadi, shuning uchun u yangi qoʻshiq yaxshi chiqishi uchun astoyidil harakat qildi. 2016-yil noyabr oyida Blanco yangi qoʻshiq haqida qoʻshiq muallifi Siaga xabar berdi. Sia yangi qoʻshiq matnini yozishni boshlagan.
„Crying in the Club“ singli 2017-yil 19-mayda musiqa do‘konlari va striming xizmatlariga chiqarildi. Keyin singl Cabelloning bir nechta singllari („Machine Gun Kelly“ va „ Bad Things“) bilan birgalikda "Billboard"ning bir nechta chartlarida „Top 10“ talikka kiritildi. „Crying in the Club“ singli 2017-yil 23-mayda AQShning zamonaviy xitlar radiosida taqdim etildi.
Qabul qilinishi "Billboard" nashri uchun Joe Lynch „Crying in the Club“ singli haqida quyidagicha yozadi: "Camelloning „Fifty Harmony“ guruhidan keyingi faoliyatida ijro etilgan eng yaxshi qoʻshiq". "Rap-Up" muharrirlari „Crying in the Club“ singli haqida „qoʻshiq orol lazzatlarini shiddatli pop tovushlari bilan aralashtirib, uni optimizm uchun raqsga tayyor saundtrekga aylantiradi“ deb yozishgan. "Idolator" yozuvchi Mike Wass qoʻshiqni „kayfiyat beradigan, oʻrta templi bop“ deb atadi. Nashr Mukofot Oʻrin Fact 2017-yilning eng yaxshi 50 ta qoʻshigʻi Popjustice 2017-yilning eng yaxshi 45 ta qoʻshiqlari
Musiqa videosi Rejissyor Emil Nava 2017-yilning 19-mayida „Crying in the Club“ singli uchun klip chiqarildi. Klip videosi oq-qora tasvirlar bilan boshlanadi. Keyin esa Cabelloning gʻisht devori ustida turib raqsga tushishi tasvirlanadi. Musiqa videosi ijobiy baholarga sazovor boʻldi. 2021-yil iyun oyi holatiga ko‘ra, musqa videosi 200 milliondan ortiq ko‘rilgan.
Koverlar Niall Horan Irlandiyaning Killarney shahrida oʻzining „Flicker World Tour“i uchun „Crying in the Club“ singlining gitaradagi pop-rok versiyasini ijro etdi. Cabello oʻzining jonli ijrodagi „Crying in the Club“ singlining muxlislari tomonidan suratga olingan versiyasini Twitterga joyladi va muxlislariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Naill Horan ijrosidagi qoʻshiq koveri 2019-yilda „IHeartRadio Music Awards“ tomonidan „Eng yaxshi kover qoʻshigʻi“ nominatsiyasida nomzod boʻlgan.
Chartlar Haftalik chartlar Chart (2017) Peak position Bolgariya (PROPHON) 3 Kanada (Canadian Hot 100) 31k Fransiya(SNEP) 49 Irlandiya (IRMA) 17 Italiya (FIMI) 62 Yangi Zelandiya (RMNZ) 2 Fillippin (Philippine Hot 100) 86
Manbalar
Havolalar
Turkum:2017-yil qoʻshiqlari Turkum:Qo'shiqchi Turkum:Qo'shiqlar