Mushagalusa Bakenga Joar Namugunga (; 1992-yil 8-avgustda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, Tokushima Vortis jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati Bakenga 13 yoshidan boshlab bir mavsumda oʻrtacha 50 tadan koʻproq gol urgan. Faoliyatini SK Nationalkameratene jamoasida boshlagan va 2007-yilning fevralida Rosenborg BKga qoʻshilgan. 2009-yildan boshlab „Rusenborg“ ning katta jamoasi bilan haftasiga ikki marta mashgʻulot oʻtkazdi. Hali 17 yosh boʻla turib Norvegiya U19 terma jamoasida ham oʻynagan. Kattalar tarkibidagi birinchi oʻyini 2009-yilning avgustida Bodø/Glimt klubiga qarshi boʻlgan. Tippeligaendagi debyuti 2009-yilning 23-sentyabrida Tromsoga qarshi oʻyinda boʻlgan.

2010-yilda Bakenga jarohatlar tufalyli „Rusenborg“ tarkibida kam oʻyin oʻtkazdi. 2011-yil boshida Tippeligaenda asosiy tarkibda joy oldi. Mush 2011-yilda 12 ta gol urdi. 2012-yil yanvar oyida Hannover 96 Bakenga uchun 10 million NOK (± 1,3 million yevro) taklif qildi, ammo Rosenborg bu taklifni rad etdi. Yanvar oyida keyinroq Rozenborg Bakenga uchun yana bir taklif oldi, bu safar Club Brugge KV dan 2,6 million yevroga. Rosenborg qabul qildi va Bakenga 28-yanvar kuni besh yarim yillik shartnoma imzoladi. „Brugge“ safidagi debyutida, 2012-yilning 5-fevralida „Beerschot“ga qarshi oʻyinda (5:1) gol urdi.

Bakenga 2013-yil Belgiya kubogi finalida oʻynagan, Serkl „Genk“ga qarshi oʻyinda 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan. 2014-yilning 8-iyulida Germaniyaning Eintracht Braunschweig klubiga bir yillik ijara shartnoma asosida oʻtdi. 2015-yil 18-martda Bakenga „Eintracht Braunschweig“ bilan ijara shartnomasini qisqartirdi va Norvegiya chempioni Molde FK bilan bir yillik ijara shartnomasini imzoladi. 2016-yil iyul oyida Bakenga Rozenborgga qaytdi.

Xalqaro faoliyati Bakenga Norvegiyani 15 yoshgacha boʻlgan terma jamoadan 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoagacha himoya qilgan. 2011-yilning aprel oyida Moldova U19 termasiga qarshi oʻyinda 19 yoshgacha boʻlganlar safida xet-trik qayd etgan. Oʻsha yili 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasida debyut qildi. Lekin Norvegiya terma jamoasining 2013-yilgi UEFA U-21 futbol boʻyicha Yevropa chempionatiga kiritilmadi

Faoliyat statistikasi

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumDiviziyaLigaKubokYevropaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarRosenborg2009Tippeligaen3000 -302010501010702011261234603516Jami341244704516Club Brugge2011—2012Belgiya Pro ligasi8100 -81Cercle Brugge (ijara)2012—2013Belgiya Pro ligasi27764 -3311Esbjerg (ijara)2013—2014Superliga2461251309Eintracht Braunschweig (ijara)2014—20152. Bundesliga17210 -182Molde (ijara)2015Tippeligaen6100107120162113 -34Jami821310105Rosenborg2016Tippeligaen9730101372017Eliteserien1013000131Jami1986010268Tromsø2017Eliteserien8300008320182522100273201980100090Jami4153100446Ranheim (ijara)2019Eliteserien1221000132Odd2020Eliteserien2515000025152021111100001111Jami362600003626Tokushima Vortis2021J1 Liga9100009120222045200226Jami2955200347Jami faoliyati25576281614129793

Terma jamoada +YilTerma jamoaIshtirokGollar2007Norvegiya U15442008Norvegiya U161282009Norvegiya U171012010Norvegiya U18762009—2011Norvegiya U191242011—2013Norvegiya U2116112014Norvegiya U23102014Norvegiya10

Yutuqlari Rozenborg

Tippeligaen va Eliteserien: 2009, 2010, 2016, 2017 Norvegiya kubogi: 2016 Superfinal / Mesterfinal: 2010, 2017 U19 Norvegiya chempionati: 2009, 2011

Cercle Brugge

Belgiya kubogi sohibi: 2012—2013

Shaxsiy hayoti Ota-onasi Kongo Demokratik Respublikasidan. Shifokor Denis Mukwegening jiyani.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Norvegiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar