Branimir Hrgota (; 1993-yil 12 yanvarda tugʻilgan) — professional futbolchi. 2. Bundesliga klubi SpVgg Greuther Fürthda hujumchi va sardor sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Jönköpings Södra IF Hrgota faoliyatini quyi liganing „IK Tord“ jamoasida boshlagan va shu bilan bir qatorda karate boʻyicha mashgʻulotlarini parallel olib borgan. 2008-yilda ushbu jang sanʼatidan voz kechishga qaror qildi va ikkinchi divizion Jönköpings Södra IF jamoasiga oʻtdi. 2011-yilda asosiy jamoada debyut qilgan va oʻsha mavsumda 25 oʻyinda 18 ta gol urib, liga toʻpurari boʻlgan. Mavsumdan soʻng yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini oldi. Muvaffaqiyatli debyut yilidan keyin bir nechta klublar uni sotib olishga qiziqish bildirishgan. Keyingi mavsumda 14 oʻyinda 10 ta gol urdi va yozda Germaniyaga koʻchib oʻtdi.

Borussia Mönchengladbach 2012-yil 4 iyulda Germaniyaning „Borussia Mönchengladbach“ klubiga oʻtdi. Bundesligadagi TSG 1899 Hoffenheimga qarshi oʻyinda 74-daqiqada Mike Hanke oʻrniga maydonga tushib debyut qildi. Bundesligadagi ilk golini 1. FSV Mainz 05 ga qarshi 1-boʻlim tugashiga 5 daqiqa qolganida penaltidan urgan. Ikkinchi boʻlimda chap oyogʻi bilan yana ikkita gol urdi. 85-daqiqada Lukas Ruppga almashtirildi. 2016-yil 15-iyun kuni Hrgota Bundesliga vakli „Eintracht Frankfurt“ga uch yillik shartnoma asosida qo‘shilishi eʼlon qilindi.

Eintracht Frankfurt Hrgota Frankfurtdagi birinchi golini 2016-yil 2-avgustda DFB-Pokalda 1. FC Magdeburgga qarshi penaltilar seriyasida urdi.

Greuther Fürth 2019-yil 7-avgustda Hrgota SpVgg Greuther Fürthga ikki yillik shartnoma asosida qo‘shildi. 2022-yilning 12-fevralida Hrgotaning „Hertha“ga qarshi o‘yin boshlanishidan 27 soniyadan keyin urgan goli o‘sha mavsumdagi eng tezkor gol bo‘ldi.

Xalqaro faoliyati Hrgota Shvetsiya, Xorvatiya va Bosniya va Gersegovina terma jamoalarida oʻynash huquqiga ega edi. Xorvatiya U21 terma jamoasi bosh murabbiyi Ivo Šušak 2012-yilning kuzida Hrgotani jamoasiga olib kelish maqsadida bilan bogʻlangan edi. Biroq, 2014-yilning yozida, UEFA Yevropa chempionati saralash bosqichida Shvetsiyaning Avstriyaga qarshi oʻyinidan oldin, Hrgota Shvetsiya terma jamoasiga chaqirilgandi.

Shaxsiy hayoti Hrgota Bosniya urushi paytida Bosniya va Gersegovina Respublikasining Zenitsa shahrida tugʻilgan. Ota-onasi etnik xorvatlardir. Branimir bolaligida oilasi bilan Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarJönköpings Södra IF2011Superettan251820—27182012Superettan141000—1410Jami392820004128Borussia Mönchengladbach II2012—2013Regionalliga West82——82Borussia Mönchengladbach2012—2013Bundesliga13300401732013—2014Bundesliga30210—3122014—2015Bundesliga1723210830122015—2016Bundesliga901200102Jami697541488819Eintracht Frankfurt2016—2017Bundesliga28521—3062017—2018Bundesliga6020—802018—2019Bundesliga10000010Jami3554100396Greuther Fürth2019—20202. Bundesliga321000—32102020—20212. Bundesliga311630—34162021—2022Bundesliga34911—3510Jami973541—10136Jami faoliyati2487715614827791

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarMilliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Shvetsiya 2014 3 0 Jami 3 0

Yutuqlari Eintracht Frankfurt

DFB-Pokal: 2017—2018 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2015-yil

Individual

Superettanning eng yaxshi toʻpurari: 2011-yil

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar