Hans Hateboer (; 1994-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Serie A vakili „Atalanta“da va Gollandiya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Groningen Groningen akademiyasi tarbiyalanuvchisi boʻlgan Hateboer professional debyutini 2014-yilning 18-yanvarida RKC Waalwijkga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan uchrashuvda golli uzatmani amalga oshirdi, ammo keyinroq chetlatildi. 2014-yil 19-fevralda Hateboer shartnomani uch yilga uzaytirdi. Yevropa pley-off finalida AZ darvozasiga hal qiluvchi gol urdi. 2014—2015-yilgi mavsumda Hateboer jamoa bilan oʻzining birinchi yirik kubogi — KNVB kubogini qoʻlga kiritdi va UEFA Yevropa ligasiga yoʻl oldi.

Atalanta 2017-yilda Hateboer Atalanta klubida qoʻshildi. 2017-yilning 19-martida klub safida debyutini o‘tkazdi, Pescara qarshi oʻyinda (3:0) golli uzatmani amalga oshirdi. 2018—2019-yilgi mavsum Hateboer uchun yanada muvaffaqiyatli mavsum boʻldi, chunki A Seriyadagi barcha oʻyinlarda maydonga tushdi va beshta gol urdi. Mavsum „Atalanta“ uchun ham ancha yaxshi mavsum bo‘ldi Klub ligada uchinchi o‘rinni egalladi va klub tarixida birinchi marta UEFA Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.

Xalqaro faoliyati 2018-yilning mart oyida Heteboer Gollandiya terma jamoasiga Angliya va Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun birinchi chaqiruvini oldi.

Hateboerning xalqaro maydondagi debyuti 2018-yil 23-mart kuni Amsterdam arenasida Angliyaga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida boʻlgan. 2020-yil 4-sentyabr kuni UEFA Millatlar ligasida Polshaga qarshi o‘yinda Gollandiya terma jamoasi safida deyarli uch yildan keyin ilk bor maydonga tushdi, uchrashuvda Bergwijnning gʻalabali goliga assistentlik qildi.

Faoliyat statistikasi

Klubda

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaBoshqaJamiDivisionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarGroningen2013—2014Eradiviziya14000—411812014—2015Eradiviziya2305120—3012015—2016Eradiviziya3102060314212016—2017Eradiviziya19121——212Jami8719280721115Atalanta2016—2017Serie A6000——602017—2018Serie A3302080—4302018—2019Serie A3554041—4362019—2020Serie A3201092—4222020—2021Serie A2222060—3022021—2022Serie A2102070—3002022—2023Serie A12100——121Jami1618110342—20611Jami faoliyati24892024237231716

Xalqaro

+Terma jamoa va-yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Niderlandiya 2018 3 0 2019 0 0 2020 8 0 2021 0 0 2022 2 0 Jami 13 0

Yutuqlari

KNVB kubogi: 2014—2015

Manbalar

Havolalar

Profile Gollandiya Qirollik futbol assotsiatsiyasi veb-sayti (niderland tilida)

Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:SC Veendam futbolchilari Turkum:FC Groningen futbolchilari Turkum:Atalanta BC futbolchilari Turkum:Stade Rennais FC futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar