Cristian Leonel Ramírez Zambrano (; 1994-yil 12-avgustda Ekvadorning Santo-Domingo shahrida tugʻilgan) — ekvadorlik futbolchi, „Krasnodar“ futbol klubi va Ekvador terma jamoasi himoyachisi. 2021-yil iyun oyida u Rossiya fuqaroligini olgan.

Klublardagi faoliyati Cristian Ramírez „Independiente del Valle“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yil 28-aprelda „El Nacional“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Ekvador A seriyasida debyut qilgan. Yosh boʻlishiga qaramay, Cristian Ramírez darhol asosiy tarkibdan joy olgan. 2012-yilda Cristian Ramírezga „Borussia Dortmund“ futbol klubi va Angliyaning „Tottenham“ futbol klubi qiziqish bildirishgan.

2013-yilda u „Fortuna Düsseldorf“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Transfer summasi 500 ming yevroni tashkil qilgan. 22-iyul kuni „Energia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

Cristian Ramírez 2014-yilning yozida „Nürnberg“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 3-avgust kuni „Erzgebirge“ futbol klubiga qarshi bahsda Cristian Ramírez yangi klubi safida debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati 2011-yilda Cristian Ramírez Janubiy Amerika chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Boliviya, Peru, Kolumbiya, Paragvay, Braziliya va ikki marta Argentina va Urugvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Oʻsha yilning yozida Cristian Ramírez Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Germaniya, Panama, Burkina-Faso va Braziliya jamoalariga qarshi oʻynagan.

2013-yilda Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida Cristian Ramírezs Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Urugvay, Venesuela, Chili, Kolumbiya, Braziliya, Peru va Paragvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2013-yilning 20-noyabr kuni Gonduras milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Cristian Ramírez Ekvador milliy terma jamoasida debyut qilgan va ikkinchi bo‘limda Renato Ibarra o‘rniga maydonga tushgan.

2016-yilda Cristian Ramírez AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etgan. Turnirda u AQSh jamoasiga qarshi oʻynagan.

2016-yilning 6-oktyabr kuni JCh-2018 saralashida Chili terma jamoasiga qarshi o‘yinda Cristian Ramírez milliy terma jamoadagi ilk golini urgan.

Statistikasi JamoaMavsumLigaKubokXalqaro turnirJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolIndependiente del Valle201120000—200201232000—320Jami5200000520Fortuna Düsseldorf2012—201300——002013—201416010—170Jami1601000170Nürnberg2014—20157010—80Ferencváros2014—201513031—1612015—201628470303842016—20171401020170Jami55411150715Krasnodar2016—201711010301502017—201820010402502018—201923040803502019—202026010903602020—202116000812412021—202212010—1302022—202316240—202Jami12421203211683Umumiy faoliyatida25462513713168

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ekvadorlik erkak futbolchilar