Sky Brown (スカイ・ブラウン, Sukai Buraun, 2008-yil 7-iyulda tugʻilgan). Kelib chiqishi yaponiyalik britan professional skeytbordchi va syorfingchi. Musobaqalarda Buyuk Britaniya nomidan ishtirok etadi. U dunyodagi eng yosh professional skeytbordchi, shuningdek, Amerikaning Dancing with the Stars: Juniors telekoʻrsatuvida gʻolib chiqdi. U 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Buyuk Britaniya nomidan qatnashdi va u yerda parkdagi musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu orqali u mamlakatdagi eng yosh medal sohibiga aylandi. U 2023-yilgi skeytbording boʻyicha jahon chempionatida parkdagi musobaqada gʻolib boʻldi.
Tarjimai holi Sky Brown Yaponiyaning Miyazaki shahrida tugʻilgan. U Ocean Brownning opasi. Uning onasi Mieko, yapon; otasi Stuart esa britaniyalik. Uning ismi kana tilida スカイ (Sukai) deb kanji tilida esa 澄海 (Sukai) deb yoziladi. Noanʼanaviy yapon nomlari uchun oddiy hol boʻlganidek, uning familiyasi faqat kana yozuvida yozilgan.
Uning otasi Yaponiyaga koʻchib oʻtishdan oldin bir necha yil AQShda yashagan. Braun Miyazakida yashaydi. Uning oilasi skeytbordchilar va uning maktabgacha taʼlim muassasasida skeyt parki bor edi. Uning uyi yaqinida bironta ham skeytbord uchish maydonlari yoq bir paytda uning uyida skeyt uchish maydoni bor,. Braun skeytbordingdan tashqari serfingga ham qiziqadi.
Faoliyati Brownning skeytbord boʻyicha murabbiyi yoʻq, tryuklarni YouTubedan oʻrgangan. U baʼzan snoubord boʻyicha Olimpiya medallarini qoʻlga kiritgan Shaun White bilan mashq qiladi. Brownga Nike homiylik qiladi va u Nike homiylik qilgan eng yosh sportchidir. U Nike kampaniyasida Serena Williams va Simone Biles bilan birga keltirib oʻtilgan. Uni, shuningdek, Almost Skateboards va Skateistan kompaniyalari ham qoʻllab-quvvatlaydi.
2016-yilda, 8 yoshida Brown Vans US Open turnirida qatnashib, ushbu tadbirda qatnashgan eng yosh odamga aylandi. 2017-yilda u Osiyo qitʼa finalida ikkinchi oʻrinni egalladiva u 2018-yilgi Vans Park seriyasining eng yaxshi 10 taligiga kirdi. 2018-yilda, 10 yoshida Brown professional sportchiga aylandi va u dunyodagi eng yosh professional skeytbordchiga aylandi. Oʻsha yili u AQShning Dancing with the Stars: Juniors telekoʻrsatuvida gʻolib chiqdi. 2019-yil fevral oyida u Tallinda (Estoniya) Simple Session tadbirida gʻolib boʻldi.
2019-yilning mart oyida Brown Buyuk Britaniya uchun kurash olib borishini eʼlon qildi, avvalroq Yaponiya nomidan ishtirok etaman deb aytgan edi. Brownning aytishicha, u Britaniya skeytbording assotsiatsiyasining sportchilarga yondashuvini yoqtiradi. Oʻsha yili Brown skeytbording boʻyicha jahon chempionatida ham uchinchi oʻrinni egalladi va X games reytingida 540 dan yuqoriroq oʻringa chiqqan birinchi ayol boʻldi. U X Games skeytbording tadbirida beshinchi oʻrinni egalladi. Brown 2020-yilda Braziliyada oʻtkazilgan skeytbord boʻyicha jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi.
Brown 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida skeytbording musobaqalarida qatnashish uchun roʻyhatdan oʻtgan besh britaniyalikdan biri boʻlgan, shu yili bu sport turi olimpiadaga birinchi marta kiritilgan edi. 2020-yil 28-may kuni Kaliforniyada mashgʻulot oʻtayotganda u yarim quvurli rampadan qattiq yiqilib tushdi, natijada uning bosh suyagi bir nechta joydan singan, chap bilak va qoʻli singan. U kasalxonaga yotqizilgan va shifokorlar tomonidan musobaqada qatnashishga ruxsat berilmagan. Keyinchalik uning otasi u tirik qolgani uchun omadli ekanligini aytdi, Brownning oʻzi esa bu uning eng yomon yiqilishi boʻlganini taʼkidladi. Shunga qaramay, u Tokio Olimpiadasida oltin medal uchun kurash olib borishga qatʼiy qaror qildi. 2021-yil aprel oyida Braun kechiktirilgan 2020-yilgi Olimpiadada syorfing boʻyicha ham qatnashish niyatida ekanligini aytdi.
2021-yil iyun oyida Brown 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida skeytbording boʻyicha Buyuk Britaniya vakili sifatida tanlandi. Brown 13 yoshida 1928-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida 200 metrga brass usulida suzish musobaqasida qatnashgan Margeri Xintonni ortda qoldirib, 13 yoshida eng yosh britaniyalik yozgi olimpiyachi boʻldi. Brown oʻyinlardagi eng yosh raqib emas edi: suriyalik stol tennischisi Xend Zaza va yaponiyalik skeytbordchi Kokona Hiraki undan ham yoshroq qatnashchilar edi.
2021-yil iyul oyida u X Games ayollar skeytbord parki boʻyicha oltin medalini qoʻlga kiritdi .
Brown 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar parkida skeytbording boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi va 13 yoshu 28 kunligida Buyuk Britaniyaning eng yosh medal sovrindori boʻldi. U tadbirdagi dastlabki ikkita urinishda yiqilib tushdi va oxirgi urinishida 56,47 ball oldi. Brown oʻyinlarda eng yosh medal sohibi emas edi, chunki xuddi shu musobaqada yaponiyalik 12 yoshli Kokona Xiraki kumush medalni qoʻlga kiritdi . Yil oxirida, Brownning baʼzi skeytbordlari Londondagi yangilangan Young V&A koʻrgazmasida namoyish etilishi eʼlon qilindi.
2022-yilda Brown oʻzining X Games unvonini saqlab qoldi, shuningdek, ketma-ket ikkinchi yil Dew Tour tadbirida gʻolib chiqdi. U 2023-yilgi skeytbording boʻyicha jahon chempionatida parkdagi musobaqada gʻolib chiqdi va shu tariqa skeytbording boʻyicha birinchi britaniyalik jahon chempioni boʻldi.
Yutuqlar 2021-yil 19-dekabrda Brown 2021-yilda BBC Young Sports Personality of the Year mukofotini qoʻlga kiritdi; u 2022-yilda yana qayta roʻyxatga kiritilgan. 2022-yil aprel oyida u Laureus World Sports Awardsda 2021-yil uchun Comeback of the Year mukofotini qoʻlga kiritdi.
Filmografiya Yil Nom Role Haqida 2022 The Tiny Chef Show Oʻzining Epizod: „Snap Pea Stir Fry“
Manbalar
Turkum:Buyuk Britaniya sportchilari Turkum:Ayol skeytbordchilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida skeytbordingchilar