Dmitriy Anatolyevich Popovich (; 1983-yil 5-avgust, Rybnitsa, Moldova) — moldaviyalik futbolchi. Moldova terma jamoasida himoyachi va yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Biografiyasi Professional faoliyatining boshida Popovich „Konstruktorul“ va „Sheriff“ jamoalarida oʻynagan. Sheriff safida 2001—2002-yilgi mavsumda atigi 2 ta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa-da, Moldova chempionati va kubogini qoʻlga kiritgan. 2003-yildan 2007-yilgacha „Tiligul-Tiras“ klubi bilan yuqori divizionda oʻynagan. Klub safida 100 ga yaqin oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urgan. 2007-yilda Suriyaning „Al-Ittihod“ jamoasida oʻynagan va Osiyo chempionlar ligasida 5 ta oʻyin oʻtkazgan. 2008-yilning kuzida „Dinamo“ jamoasida oʻynagan.

2009-yil boshida Kishinyovning Dacia klubiga oʻtdi. Bu klubda toʻrt yarim mavsum davomida mamlakat chempionatida 100 ga yaqin oʻyin oʻtkazdi. 2010—2011-yilgi mavsumda klub bilan Moldova chempioni, 2008—2009-, 2011—2012- va 2012—2013-yilgi mavsumlarda kumush medal sohibi boʻlgan.

2013-yilning yozida Tiraspolga oʻtdi. Klubda yarim mavsum oʻynadi. Keyin esa Cheadir-Lunganing „A“ divizioni vakili boʻlmish „Saksan“ jamoasida oʻynadi. Klub bilan turnir gʻolibiga aylandi. 2014-yilning kuzida „Buxoro“ safida O‘zbekiston oliy ligasida o‘ynadi. Klub ligada 14 jamoa orasida 12-o‘rinni egalladi.

Dmitriy oʻz vataniga qaytgach, yana „Saksan“da oʻynadi, 2015—2016-yilgi mavsumda Bălți klubiga oʻtdi. Mavsum tugashidan oldin esa Saksan klubiga qaytdi.

Faoliyatining oxirida ikki mavsumni oliy divizion autsayderi „Dinamo-Avto“ safida o‘tkazgan, so‘ngra A divizionida „Spartaniy“ va „Iskra“ klublarida to‘p surgan.

Moldova oliy divizionida umumiy 290 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Xvrokubok oʻyinlarida qatnashgan.

Moldova oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. Moldova terma jamoasida yagona oʻyinini 2009-yil 10-iyunda Belarusga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan .

Yutuqlari

Moldova chempioni: 2001—2002, 2010—2011 Moldova chempionatining kumush medali sovrindori: 2008—2009, 2011—2012, 2012—2013 Moldaviya kubogi sohibi: 2001—2002 Moldova kubogi finalchisi: 2008—2009, 2009—2010

Shaxsiy hayoti Akasi Aleksandr ham futbolchi, Moldaviya terma jamoasi hujumchisiDumitru Popovici.

Manbalar

Havolalar

Futbolfacts.ru saytidagi profil da arxiv nusxasi

Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:5-avgustda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Moldovalik erkak futbolchilar Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar