Qodirov Sinaver Arifovich (1954-yil 27-dekabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Qrim-tatar jamoat faoli, “Azatlik” inson huquqlari tashkiloti yetakchilaridan biri, SSSR siyosiy mahbusi. Qrim-tatar xalqi majlisining sobiq deputati. Qrim-tatar xalqi majlisining II-V chaqiriq qurultoy delegati.
Hayoti Sinaver Qodirov 1954-yil 27-dekabrda Oʻzbekiston SSRning Samarqandda tugʻilgan. Toshkent davlat pedagogika universitetini “Qrim-tatar tili va adabiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1984-1985-yillarda u Oʻzbekiston SSR shaharlari va Krasnodar oʻlkasida yashirincha tarqatiladigan qrim-tatarlarning "Kaasevet" jurnalini yaratishda faol ishtirok etgan va buning uchun Reshat Ablayev bilan birga hibsga olingan. Sinaver Qodirov 1985-yil 12-dekabrda hibsga olindi. 1986-yil mart oyida Oʻzbekiston SSR Jinoyat kodeksining 191-4-moddasiga asosan hukm e'lon qilingan. Jazoni Yakutiyada o‘tagan.
Eminye ismli qiz bilan oila qurgan. Seit Bekir ismli oʻgʻli bor.
U 1991-2013-yillarda Qrim-tatar xalqi majlisining deputati boʻlgan. Qrim-tatar xalqi majlisining II, III, IV va V chaqiriq qurultoy delegati boʻlgan, Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylangan.
2015-yilning 23-yanvarida Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinishi paytida Ukraina pasporti bilan Ukrainaga ketmoqchi bo‘lgan ammo Qrimdan Istanbulga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun ketmoqchi bo‘lganida rossiyalik chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan. Majlisning yana ikki vakili Eskender Bariyev va Abmedjit Sulaymonov bir necha soatlik tergovdan so‘ng qo‘yib yuborilgan. Qodirov Armyanskga yuborildi, u yerda mahalliy sud oʻsha kuni qaror chiqardi, unga koʻra qrim-tatar faoli ikki ming rubl miqdorida jarima toʻlashi va Qrimni qaytish huquqisiz tark etishi kerak edi.
Manbalar
Tashqi havolalar
// Обличчя Незалежності. — 2021. — 25 листопада. Turkum:Samarqandda tugʻilganlar