Kayipov Duysen Kayipovich (; 1927-yil 1-dekabr, Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Zangiota tumani – 1990-yil 10-iyun, Qozogʻiston SSR, Olmaota shahri) — sovet va qozoq fizigi, fizika-matematika fanlari doktori (1969), professor (1970), Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1970).
Hayoti Kayipov Duysen Kayipovich 1927-yil 1-dekabrda Toshkent viloyatining hozirgi Zangiota tumanida tugʻilgan. Kayipov Duysen oʻrta maktabni tugatgach Moskva davlat universitetiga oʻqishga kiradi. 1950-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan. Universitetni tamomlagach Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1956-yildan 1959-yilgacha Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti laboratoriya mudiri sifatida xizmat faoliyatini davom ettirgan. Kayipov Duysen Kayipovich 1970-yildan Qozogʻiston SSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan. 1969-yilda institut direktori oʻrinbosari, 1969-yildan 1990-yilgacha esa kafedra mudiri boʻlgan.
Ilmiy faoliyati Kayipov Duysen Kaipovich gamma nurlarining rezonans nurlanishini va Mössbauer effektini oʻrganib chiqqan hamda ularning molekulyar va fizik-kimyoviy xossalarini ochib bergan. Atom yadrosining tuzilishi boʻyicha ilmiy ish qilgan.
1955-yilda „Kosmik nurlar taʼsirida hosil boʻlgan yadro-aktiv sekin mezonlarni oʻrganish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1968-yilda esa „Yadrolar tomonidan gamma nurlarining rezonansli tarqalishi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ham muvaffaqqiyatli himoya qilgan.
Quyida Kayipov Duysen Kayipovich tomonidan oʻrganilgan baʼzi amaliy ishlar keltirilgan: 1974-yil – Atom toʻlqin funksiyalari jadvallari. 1976-yil – Yadro gamma-rezonansi va tegishli jarayonlar. 1985-yil – Ultrasovuq neytronlar.
Manbalar
Havolalar Некоторые работы на оф. сайте РГБ Ещё 3 работы на оф. сайте РГБ (ошибка в имени: вместо ДуЙсен напечатано ДусеЙн)
Turkum:Fizika-matematika fanlari doktorlari Turkum:SSSR fiziklari