Islom dini – Turkiyada eng koʻp aholi eʼtiqod qiladigan din. Mamlakat aholisining 90% ga yaqini ahl as-Sunna val-Jamoa yoʻnalishiga, turk sunniy musulmonlarning aksariyati hanafiylik mazhabiga amal qiladi. Hozirgi Turkiyani tashkil etuvchi mintaqada islomning mavjudligi saljuqiylarning sharqiy Anadoluga tarqala boshlagan davrga, yaʼni XI asrning ikkinchi yarmiga toʻgʻri keladi.

Turkiya hukumati tomonidan berilgan maʼlumotlariga koʻra, aholining 99,8% ini musulmonlar tashkil qiladi, chunki mamlakatning anʼanaviy musulmon boʻlmagan etnik guruhlari (masalan, yahudiylar, armanlar va yunonlar) 0,2% dan koʻp emas. Garchi baʼzi soʻrovlar sunniy musulmonlar koʻrsatkichi 96,2% deb maʼlumot bersa-da, sunniylik yoʻnalishi hanafiy mazhabi bilan (umumiy musulmon mazhablarining 90% ga yaqini) eng mashhur yoʻnalish hisoblanadi. Umumiy musulmon aholining taxminan 9% ini tashkil etuvchi qolgan musulmon mazhablari alaviylar, jaʼfariylar (1% ni tashkil qiladi) va nusayriylardan (taxminan 1 millionga yaqin aholi) iborat boʻlib, ular taxminan 1% ni tashkil qiladi. Tasavvuf tariqatiga amal qilmaydigan va diniy boʻlmagan musulmonlar ham mamlakatda ozchilikni tashkil qiladi. Optimar tomonidan 2019-yilda oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra esa turklarning 89,5% i islom diniga eʼtiqod qiladi.

Tarixi

Islom imperiyalari VII va VIII asr boshlaridagi musulmonlar istilosi paytida arab qoʻshinlari Islom imperiyasini barpo etishgan. VIII asrning oʻrtalarida Abbosiylar xalifaligining yuksalishi va poytaxtning Damashqdan Bagʻdodga koʻchirilishi bilan Islom oltin asri boshlanganGregorian, Vartan..

Abbosiylar xalifaligi Kritni bosib olganidan keyin (840) tez orada oʻz eʼtiborini Sharqqa qaratgan. Keyinchalik Abbosiylar hukmronligining parchalanishi va ularning shialik mazhabiga eʼtiqod qiluvchi raqiblari – Fotimiylar va Buhayviylarning kuchayishi davrida Vizantiya qayta tiklangan va 961-yilda Krit va Kilikiyani, 965-yilda Kiprni qayta qoʻlga kiritgan, 975-yilda esa Levantga bostirib kirgan. Vizantiyaliklar dastlab Abbosiylar bilan ittifoq tuzgan, keyin esa amalda hukmronlik qiluvchi saljuqiylar kelguniga qadar mintaqaga oʻz taʼsirini oʻtkazish maqsadida Fotimiylar xalifaligi bilan muvaffaqiyatli kurash olib borgan.

1068-yilda Alp Arslon va ittifoqdosh turkman qabilalari Abbosiylarga tegishli koʻplab yerlarini qaytarib olishgan. 1071-yilda Malazgirt jangida qoʻlga kiritilgan yirik gʻalabadan soʻng sharqiy va markaziy Anadoluga bostirib kirib, Vizantiya hududlarigacha yetib borgan. Saljuqiylar sulolasining parchalanishi Donishmandiya davlati, Koʻniya sultonligi va turli otabeklar kabi keyingi kichikroq raqib turkiy podshohliklarning paydo boʻlishiga olib kelgan, ular salib yurishlari paytida mintaqani nazorat qilish uchun kurash olib borganlar va Usmonli imperiyasi rivojlangunga qadar asta-sekin Anadolu boʻylab kengayib borganlar.

Usmonlilar xalifaligi thumb|212x212px|Keyinchalik Abbosiylar davrida islomiy fath Anadoluga ham tarqalgan XII asrdan boshlab turkiy muhojirlarning yangi toʻlqinlari paydo boʻla boshlagan, ularning aksariyati soʻfiylik tariqatlariga mansub boʻlib, baʼzilari keyinchalik heterodoks (qabul qilingan pravoslav standartlari va eʼtiqodlarga mos kelmaydigan) eʼtiqodlarni oʻz ichiga olgan. 1300-yildan keyin Anadoludagi turklarga manzur boʻlgan soʻfiylik tariqati safaviya boʻlib, dastlab sunniy va siyosiy boʻlmagan, ammo keyinchalik shialikka mansub boʻlgan va siyosiy jihatdan Eronning shimoli-gʻarbiy qismlariga tarqalgan. XIV–XV asrlarda Safaviylar va shunga oʻxshash bektoshiya ortodoksal sunniy musulmonlari Sharqiy Anadoluni siyosiy nazorat qilish uchun Usmoniylar imperiyasi raqibiga aylangan. Bektoshiylar ortodoksal sunniy musulmonlar mazhabi sifatida qabul qilingan boʻlsalar ham, ular oʻzlarining heterodoks eʼtiqodlaridan voz kechmaganlar. Bundan farqli oʻlaroq, safaviylar oxir-oqibat Eronni bosib olganlar va oʻzlarining heterodoks diniy eʼtiqodlaridan voz kechganlar hamda pravoslav oʻn ikkinchi shia islomining tarafdorlariga aylanganlar. 1453-yilda Vizantiya poytaxti Konstantinopolning (hozirgi Istanbul) zabt etilishi Usmonlilarga Anadolu va Frakiyada oʻz imperiyalarini mustahkamlash imkonini bergan. Usmonlilar imperiyasi keyinchalik sulton Salim I davrida xalifalik unvonini qayta tiklagan. Rasmiy institutsional tuzilma yoʻqligiga qaramay, sunniy diniy amaldorlar davlat boshqaruvida muhim siyosiy rol oʻynagan. Adolat diniy sudlar tomonidan amalga oshirilgan. Nazariy jihatdan, shariatning kodlangan tizimi hayotning barcha jabhalarini, hech boʻlmaganda, imperiyaning musulmon fuqarolari uchun tartibga solgan. Sud hokimiyati boshligʻi sultondan toʻgʻridan-toʻgʻri pastroq boʻlib, hokimiyatda vazirdan keyin ikkinchi oʻrinda turgan. Usmonlilar imperiyasi davrining boshida Istanbul muftiyligi shayx ul-islomga (shayx yoki „Islom rahnamosi“) aylangan boʻlib, imperiyadagi barcha sudlar ustidan oliy yurisdiksiyaga ega boʻlgan, natijada qonunlarni talqin qilish va qoʻllash vakolatini ham amalga oshirgan. Mamlakatda shayx ul-islom tomonidan aytilgan huquqiy fikrlar aniq talqin hisoblangan.

Sekulyarizatsiya davri left|thumb|298x298px|Sulaymoniya masjidi, Istanbul thumb|318x318px|Salimiya masjidi, Edirne Turkiyaning sekulyarizatsiyasi jamiyatda Usmonlilar imperiyasining soʻnggi yillarida boshlangan boʻlib, bu Atatürk inqiloblarining muhim xususiyati hisoblangan. Uning rahbarligida xalifalik — sunniy islomning oliy siyosiy-diniy idorasi hamda sultonning butun musulmonlarning jahon yetakchiligiga daʼvogarligi ramzi bekor qilingan. Diniy hokimiyat va amaldorlarning dunyoviy hokimiyati qisqartirilgan va oxir-oqibat yoʻq qilingan. Diniy jamgʻarmalar milliylashtirilgan, diniy taʼlim cheklanib, bir muddat taqiqlangan. Shuningdek, darvish birodarlarining (tariqat) nufuzli va ommabop tasavvuf tartiblari ham bostirilgan.

Respublika davri: 1923-yildan hozirgi kungacha Usmonlilar imperiyasining vorisi Turkiyaning jahon musulmonlari hamjamiyatining taxminiy yetakchisi sifatida isteʼfoga chiqishi hukumatning Islomga boʻlgan munosabatining ham oʻzgarib borayotanligi ramzi edi. Darhaqiqat, dunyoviylik Mustafa Kemal Atatürkning Turkiyani qayta tiklash boʻyicha ruhoniylarga qarshi „Olti oʻq“ dasturidan oʻrin olgan. Islom Usmonlilar imperiyasida musulmonlarning oʻziga xosligini shakllantirgan boʻlsa, dunyoviylik yangi turk millati va uning fuqarolarini shakllantiruvchi vosita hisoblangan.

Atatürk islohotlari thumb|212x212px|Turkiya prezidenti Mustafa Kemal Atatürk va muftiy Abdurahmon Komil afandi Amasyada (1930) right|thumb|212x212px|Kocatepe masjidi, Anqara alt=The interior of a modern mosque. The camera is focused on its mihrab.|left|thumb|Istanbuldagi Şakirin masjidi. Zeynep Fadıllıoğlu masjidni loyihalashtirgan birinchi ayol meʼmor boʻlgan1922-yilda yangi millatchi rejim Usmonlilar imperiyasini, 1924-yilda esa Usmonli sultonlari toʻrt asr davomida egallab kelgan diniy idora boʻlmish xalifalikni tugatgan. Shunday qilib, islom dini tarixida birinchi marta hech bir hukmdor Islom dinining ruhiy yetakchiligiga daʼvo qilmaydi. left|thumb|Turkiyaning Anqara shahridagi zamonaviy masjid Atatürk va uning safdoshlari nafaqat baʼzi diniy urf-odatlar va muassasalarni bekor qilishdi, balki dinning qadr-qimmatini ham shubha ostiga oldilar va ilmga ishonishni afzal koʻrishdi. Ular uyushgan dinni anaxronizm deb hisoblashdi va ular uchun ratsionalistik, dunyoviy madaniyatni anglatuvchi sivilizatsiyaga salbiy qarama-qarshi qoʻyishdi. Turkiyada sekulyarizmning oʻrnatilishi gʻarbda boʻlgani kabi cherkov va davlatning asta-sekin ajralish jarayoni emas edi. Usmonlilar imperiyasida hayotning barcha sohalari, hech boʻlmaganda, nazariy jihatdan, anʼanaviy diniy qonunlarga boʻysungan, sunniy diniy tashkilotlar esa davlat tuzilishining bir qismi boʻlgan. Biroq, odatda, davlat hatto Usmonlilar davrida ham ruhoniylar va diniy qonunlar ustidan hokimiyatga ega edi (koʻplab sultonlar davlat siyosatini maʼqullamaydigan shayx ul-islomlarni oʻzgartirishi maʼlum). 1920-yillar boshidagi islohotchilar dunyoviy davlatni tanlaganlarida, ular dinni davlat siyosati doirasidan chiqarib tashlaydilar va uni faqatgina shaxsiy axloq, xulq-atvor va eʼtiqod bilan cheklab qoʻydilar. Diniy marosimlarni shaxsiy ravishda bajarish davom etishi mumkin boʻlsa-da, din va diniy tashkilot jamoat hayotidan chetlashtirildi.

Dinga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir koʻrsatadigan siyosatlar juda koʻp va keng qamrovli edi. Xalifalikning bekor qilinishi bilan bir qatorda, yangi qonunlar shayx ul-islom lavozimini ham bekor qilishni, jumladan, diniy ierarxiyani bekor qilish, soʻfiylar uylari, yigʻilish joylari, monastirlarni yopilish va musodara qilish hamda ularning marosim va majlislarini qonundan tashqari deb topish, shariat boʻyicha ajralmas boʻlgan vaqflar ustidan hukumat nazoratini oʻrnatish, shariatni moslashtirilgan Yevropa huquqiy kodekslari bilan almashtirish, diniy maktablarni yopish, gʻarbda qoʻllaniladigan Grigoriy taqvimi foydasiga islomiy taqvimidan voz kechish, diniy uyushmalarga ega boʻlgan jamoat kiyimlariga cheklovlar, erkaklar uchun fes, ayollar uchun roʻmol va mahalliy diniy rahbarlarning anʼanaviy liboslarini taqiqlash kabi bir qancha cheklovlarni talab qildi.

Atatürk va uning safdoshlari diniy marosimlarda arabcha emas, balki turkcha soʻzlarni qoʻllash, arabcha Alloh soʻzi oʻrniga turkcha Tanrı soʻzidan foydalanish, har kungi azonga turkcha soʻzlarni kiritish kabi amaliyotlarni rasman ragʻbatlantirish orqali Islomni turklashtirishga harakat qilishgan. Ibodatdagi bu oʻzgarishlar koʻplab musulmonlarning noroziligiga sabab boʻldi, bu esa 1950-yilda Demokratik partiyasi muxolifat partiyasi saylovlarda gʻalaba qozonganidan keyin azonning arabcha versiyasiga qaytishga olib keldi. Bunday uzoq davom etgan rejim mamlakatda diniy taʼlimni taqiqlash, yangi masjidlar qurishni cheklash va mavjud masjidlardan dunyoviy maqsadlarda foydalanishga sabab boʻldi. Eng muhimi, Sofiya ibodatxonasi (Mehmet II tomonidan masjidga aylantirilgan Yustinian I ning VI asr nasroniy bazilikasi) 1935-yilda muzeyga aylantirilgan. Bu oʻzgarishlardan maqsad dinni, toʻgʻrirogʻi islomni davlat nazoratiga boʻysundirish edi. Muftiylar va imomlar (namozxonlar) hukumat tomonidan tayinlangan, diniy taʼlim esa Xalq taʼlimi vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Bu siyosatlar natijasida Turkiya Respublikasi musulmon olamining ayrim tabaqalari tomonidan salbiy baholangan.

Dunyoviy hukmron elitaning 1920–1930-yillardagi siyosat dinning jamiyat hayotidagi rolini pasaytiradi, degan umidi amalga oshmaydi. 1925-yildayoq diniy eʼtirozlar Turkiya janubi-sharqidagi Şeyh Sait qoʻzgʻolonining asosiy sabablaridan biri boʻlib, u bostirilgunga qadar 30 000 ga yaqin odamning hayotiga zomin boʻldi.