Kung Fu Panda 4 () – DreamWorks Animation tomonidan ishlab chiqarilgan va Universal Pictures tomonidan tarqatilgan Amerika-Xitoy kompyuter-animatsion filmi. Kung Fu Panda franshizasining toʻrtinchi toʻliq metrajli filmi, Kung Fu Panda 3 (2016) multfilmining davomi. Filmga Mike Mitchell rejissyorlik qilgan. Ushbu filmda ham Jack Black avvalgi filmlardagi Po qahramoniga ovoz beradi; unga Awkwafina qoʻshiladi. Film voqealariga koʻra Po Chjen ismli tulki bilan birlashib, oʻtmishdagi koʻplab yovuz odamlarni tiriltirgan „Buqalamun“ deb nomlanuvchi yovuz sehrgarga qarshi kurashadi.
2016-yil yanvar oyida uchinchi filmning rejissyorlari Jennifer Yuh Nelson va Alessandro Carloniga toʻrtinchi filmni ishlash imkoniyati haqida soʻrashgan, 2018-yil avgustida esa Nelson bunga doim xayrixoh ekanliklarini aytgan. Toʻrtinchi qism rasman 2022-yil avgustida, 2023-yil aprelida esa Mitchell, Ma Stein va Rebecca Huntleylar esa filmga mos ravishda rejissyor, hamrejissyor va prodyuser sifatida eʼlon qilingan edi.
Kung Fu Panda 4 premyerasi 2024-yil 7-martda Oʻzbekistonda, shu yilning 8-martida esa AQShda boʻlib oʻtadi.
Filmning Oʻzbekistonda namoyish qilinishi Warner Bros. kompaniyasining rasmiy vakili „Interfilm Uzbekistan“ tomonidan amalga oshirilganhttps://www.youtube.com/watch?v=yt7QQkPKWAw.
Ovoz berganlar Jack Black – Po: Ajdaho jangchisi unvonidan voz kechganidan keyin ruhiy yetakchiga aylanmoqchi boʻlgan ulkan panda. Awkwafina – Chjen: Ilgari oʻgʻri boʻlgan va Poga sayohatida hamrohi korsak tulkisi. Viola Davis – Buqalamun: Yovuz buqalamun jodugar, u boshqalarning qobiliyatlarini oʻzlashtirib, shaklini oʻzgartirib, hatto kung funi oʻzlashtirishi ham mumkin. Dustin Hoffman – ustoz Shifu: Qizil panda va Poning dono ustozi. James Hong – janob Ping: Poni asrab olgan gʻoz. Bryan Cranston – Li Shan: Poning biologik otasi. Ian McShane – Tay Lun: Qor qoploni. Yovuz boʻlgunga qadar Shifuning shogirdi boʻlgan. U birinchi filmda Podan yengilgan, Buqalamun tomonidan Ruhlar olamidan qaytarilgan. Ke Huy Quan – Xan: Oʻgʻrilar uyining rahbari boʻlgan sunda pangolini.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2024-yil multfilmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:DreamWorks Animation filmlari Turkum:Universal Pictures animatsion filmlari Turkum:Hayvonlar haqidagi animatsion filmlar Turkum:2024-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:Mike Mitchell filmlari Turkum:Universal Pictures filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari