Turkiya (turkcha: Türkiye), rasman — Turkiya Respublikasi (turkcha: Türkiye Cumhuriyeti) — Gʻarbiy Osiyo 97% ini tashkil etadi va Janubiy Yevropa 3%ini tashkil etadigan davlat. Turkiya ham Osiyo, ham Yevropa qitʼasiga kiradi. Asoschisi Mustafo Kamol Otaturkdir. Turkiyaning poytaxti — Anqara shahri. Davlat tili — Turk tili. Maydoni — 783,562 km². Aholi soni 2024-yil hisobiga koʻra — 86,099,039 kishi. Turkiya pul birligi — lira. Turkiya Respublikasi 81 ta viloyatlardan iborat. Turkiya 14 ta davlat bilan chegaradosh.
Zamonaviy Turkiya 1923-yilda Usmonli imperiyasining birinchi jahon urushidagi magʻlubiyati va turk xalqining milliy ozodlik urushi, monarxiyaning tugatilishi, parchalanishi va turk milliy davlatining barpo etilishi natijasida tashkil topgan.
Davlat tuzumi Turkiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1982-yilda qabul qilingan (bir necha marta tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2014-yildan Rajab Tayyib Erdoʻgʻon), u Buyuk Millat Majlisi tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yil muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi oliy parlament — Turkiya Buyuk Millat Majlisi. Oliy ijroiya hokimiyati xukumat boʻlib, uni Bosh vazir (Bosh boqon) boshqaradi. Bosh vazirni prezident deputatlar orasidan tayinlaydi.
1919–1939-yillarda turkiyasharqiy qismida joylashgan davlat. Hududining 97 % Kichik Osiyo yarim orol (Anadolu)da, 3 % Yevropa (Sharqiy Frakiya)da. Shimolidan Qora dengiz, gʻarbdan Egey dengizi, janubdan Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Egey dengizidagi bir qancha orol ham Turkiyaga qarashli. Maydoni 814,578 km². Aholisi 86,099,039 kishi (2024). Poytaxti — Anqara shahri Maʼmuriy jihatdan 81 el (viloyat)ga, ellar elchalarga boʻlinadi.
Tabiati Turkiya tabiati nihoyatda rangbarang va jozibador. Barish Oʻzbek Relyefining aksari togʻ va yassitogʻlik; shimoliy va janubiy sohillarga parallel ravishda yastangan togʻ tizmalari orasida keng va ochiq tekislik, qir, koʻl, plato va daryolar mavjud. Shimolida Qora dengiz sohiliga yondosh ravishda Shimoliy Anadolu yassitogʻlari, janubda Toros togʻlari, Marmar dengizi tomonda Somonli, Ulutogʻ, Istranja va Tekirtogʻlar, Egey dengizi tomonda Qozaq, Yunt va Oydin togʻlari, Oʻrta Anadoluda Qiziltogʻ, Raman va Soʻf togʻlari, Sharqiy Anadoluda Agʻri togʻlari (bu togʻda Turkiyaning eng baland nuqtasi boʻlgan Buyuk Agʻri choʻqqisi — 5137 m) qad koʻtargan. Turkiya hududi seysmik jihatdan faol zonada joylashgan. Turkiya yer ostida xromit, borat, boksit, volfram, simob, surma, mis, toshkoʻmir, neft, marganets, temir va boshqa bor. Iqlimi subtropik, gʻarbiy va janubiy sohillari iliq, yogʻin koʻp, ichki mintaqada yoz issiq va quruq, qish sovuq, qor koʻp yogʻadi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi pasttekisliklarda 5—10° dan ichki yassitogʻliklarda —15° gacha, sharqdagi togʻliklarda —35° gacha sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi dengiz sohillarida 22—32°, Jazira platosida 30° (gohr 40° dan ziyod). Yillik yogʻin oʻrtacha 1000–3000 mm. Yirik koʻllari: Van, Tuz, Beyshehir, Eyirdir. Daryolari: Qizil Irmoq, Furot, Saqarya, Araks, Dajla, Yashil Irmoq, Jeyxan. Tuprogʻi ichki yassitogʻliklardagi choʻllarda asosan boʻz va och qoʻngʻir tuproqdan, quruq dashtlarda kashtan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa shoʻrxok tuproqdan iborat. Tavr va Sharqiy Pontiya togʻlarida doim yashil va igna bargli oʻrmonlar, togʻlarning baland qismida all oʻtloqlari mavjud. Jazira platosi shuvoqboshoqli oʻtlar oʻsadigan chala choʻldan iborat. Togʻlarda yovvoyi qoʻyechkilar, toʻngʻiz, boʻri, chiyaboʻri, ayiq va boshqalarlar yashaydi. Sohilga yaqin suvlarda turlituman baliq koʻp. Turkiyada 12 milliy bogʻ bor. Yiriklari: Olimpos Beydaglari, Munzur Vodiysi, Kyopryulyu Kanon.
Aholisining 90 % — turklar. Kurd, arab, Oʻzbeklar, adigey, ubix, chechen, osetin, lezgin, yunon, arman, laz, gurj, ozarbayjon, turkman, bolgar, albanlar ham yashaydi. Aholisining asosiy qismi islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — turk tili. Shahar Aholisi 69 %. Yirik shaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Koʻniya, Bursa, Gʻoziantep, Diyorbakir, Antaliya, Adana, Edirna.
Tarixi Hozirgi Turkiya hududida juda qadim zamonlardan boshlab yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlatlar boʻlgan. Anadolu Xett qirolligi, Lidiya, Midiya, Axomaniylar davlati, makedoniyalik Aleksandr imperiyasi, Salavkiylar davlati, Pont podsholigi, Pergam, Qad, Rim, Vizantiya tarkibida boʻlgan. Turkiy elatlar bu hududga XI asrdan koʻchib kela boshlagan. Oʻgʻuzturkman qabilalarining yoʻlboshchilari boʻlgan Toʻgʻrulbek va Chagʻribek boshchiligida Saljuqiylar davlatida asos solingach, islom dini tarqala boshlagan. Sulton Alp Arslon 1071-yilda Malazgirt jangida Vizantiya imperatori Roman IV Diogen armiyasini tormor etganidan soʻng, Saljuqiylar davlati nihoyatda kengaydi. Sulton Malikshoh zamonida (1071—1092) saltanat gullabyashnadi. Bu hukmdorning oʻlimidan keyin saltanat parchalanib, Suriya saljuqiylari, Iroq va Xuroson saljuqiylari, Kirmon saljuqiylari va Anadolu saljuqiylari kabi kichikroq davlatlar paydo boʻldi. Ularning orasida Anadolu saljuqiylari davlati katta rol oʻynadi. 1243-yilgi Koʻsatogʻ jangi oqibatida moʻgʻullar bu davlatga barham berib, oʻlkani istilo qildilar. XIII asrning oxirlariga kelib, moʻgʻullar zaiflashgach, bir qancha mustaqil beyliklar (bekliklar) tashkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. XIV asrning boshlarida Usmon I boshchiligidagi Usmon beyligi koʻpgina beyliklarni birlashtirib, poytaxti Bursa boʻlgan markazlashgan kuchli davlatni — Usmonli turk imperiyasini barpo etishga muvaffaq boʻldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga oʻtib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boshlashdi. Anqara jangitsatp magʻlubiyatdan soʻng oʻzini oʻnglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boshchiligida Konstantinopol (hozirgi Istanbul)ni egallab (1453-yil 29-may), Vizantiya imperiyasini tugatishdi. Salim I Yovuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, XVII asrdan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari Turkiyaga qarshi birga urush harakatlarini boshladilar. 1683-yilda Vena shahri yaqinidagi jangda turk qoʻshini Polsha, Avstriya va Olmon qoʻshinlaridan yengildi. 1684-yilda Turkiyaga qarshi Avstriya, Polsha, Venetsiya (1686-yildan Rossiya) „Muqaddas ittifoq“ tuzdilar. Ittifoqchilar Turkiyaga bir necha bor qattiq zarba berdilar. Biroq Turkiya 1711-yilda Prut jangida Pyotr I boshchiligidagi rus qoʻshinini tormor qildi. Qurshovdagi Pyotr I vaʼdalar evaziga qutulishga muvaffaq boʻldi. Asr oxirida imperiya sharqda Ozarbayjon, Dogʻiston, Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yoʻqotdi, gʻarbda Dunay janubiga chekinishga, shimolda Astraxonga qadar boʻlgan yerlarni Rossiyaga topshirishga majbur boʻldi va jahon siyosatidagi mavqeini yoʻqota boshladi. XVIII asrda yanada koʻproq talofotlar berildi.
1768—1774-yillardagi Rossiya-Turkiya urushidan keyin Turkiya Qora dengiz va Bolqon yarim oroldagi mavqeini boy berdi. 1774-yilgi KuchukQaynarja sulh shartnomasiga muvofiq Qrim xonligi Turkiyadan ajratib olinib, mustaqil deb eʼlon kilindi. Biroq 1783-yil Rossiya Qrimni bosib oldi. 1787—1791-yillardagi urushda Turkiya yana Rossiyadan yengildi, natijada Rossiya chegarasi Dnestr daryosigacha kengaydi. Turkiya Moldova va Valaxiyaning Rossiya homiyligiga oʻtganligini tan olishga majbur boʻldi.
Sultan Salim III (1789—1807-yillarda imperiyani boshqargan) davlat tashkilotlarini zamonaviylashtirish, eng avvalo, harbiy islohotlar oʻtkazish harakatini boshladi. Yangi Nizom („Nizomi jadid“) deb nomlangan bu islohotlar natijasida boshqaruv, moliya, savdo, qishloq xoʻjaligi., ilmfan va boshqa sohalarda yangiliklar joriy etishga kirishildi. Biroq islohotlarga jaholatparast ulamolar, armiyadagi nufuzini yoʻqotishdan qoʻrqqan yanicharlar va boshqa qarshilik koʻrsatib, 1807-yil 15-mayda koʻtarilgan isyon natijasida Sulton Salim III ni taxtdan agʻdarib tashladilar. Taxtga chiqqan Mustafo IVning faoliyati „Nizomi jadid“ tufayli qoʻlga kiritilgan yutuqlarni yoʻq qilishga qaratildi. Biroq islohotchilar oʻz tarafdorini koʻpaytirishga muvaffaq boʻldilar va 1808-yil 28-iyulda Sulton Mahmud II ni taxtga oʻtqazdilar. Mahmud II yanicharlarni yoʻq qildi va armiyani qayta tashkil etdi, boshqaruv, moliya, huquq va boshqa sohalarda ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Biroq uning islohotlari Usmoniylar imperiyasi inqirozini toʻxtata olmadi. Yunoniston va Serbiyada qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. Bu orada Rossiya Turkiya oʻrtasida 1806—1812 yillarda boʻlib oʻtgan urush oqibatida Rossiya sarhadlari Prut daryosigacha kengaydi. 1828—1829-yilgi urushda ham Rossiya gʻolib chiqdi va Turkiya Yunonistonga muxtoriyat maqomini berishga majbur boʻddi. Turkiyaning Yevropa kapitaliga iqtisodiy karamligi ortdi. Qaramlikdan qutulish uchun Turkiya hukmron sinfi 1839-yil yangidan islohot (tanzimat) oʻtkazib, turk ziyolilarining shakllanishiga imkon yaratdi. 1853—1856-yillarda Rossiyaga qarshi olib borilgan Kroʻm urushida Turkiya gʻalaba qozondi. Rossiya 1856-yil 30-martda Parij sulh shartnomasini imzolashga majbur boʻldi. Ushbu shartnomaga koʻra, Dunay daryosida kemalar erkin qatnaydigan, Qora dengiz barcha mamlakatlar savdo kemalari uchun ochiq, betaraf deb eʼlon qilindi, „Usmoniylar imperiyasining butunligi va daxlsizligi“ tan olindi.